Jahon | 16:58 / 03.10.2020
13411
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston tovushdan tez uchadigan ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi

Xabar qilinishicha, raketa 800 kilometrgacha masofada joylashgan nishonga yuqori aniqlikda zarba bera oladi.

Foto: New Indian Express

Hindiston mudofaa tadqiqotlari va ishlanmalari tashkiloti (DRDO) kichik masofaga mo‘ljallangan, tovushdan tez uchuvchi "Shaurya" ballistik raketasining yangi modifikatsiyasini  muvaffaqiyatli  sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda ANI agentligi xabar bermoqda.

 Turli, jumladan yadroviy jangovar kallak tashiy oladigan ushbu raketa sinovi Odisha shtatidagi poligonda o‘tkazilgan.

 Xabar qilinishicha, raketa 800 kilometrgacha masofada joylashgan nishonga yuqori aniqlikda zarba bera oladi. Yangi modifikatsiyadagi raketadan foydalanish osonlashgan hamda vazni yengillashgan. 

Bu oxirgi vaqtda Hindistonda ikkinchi marta o‘tkazilgan raketa sinovi hisoblanadi. 30 sentyabrda tovushdan tez uchuvchi BrahMos qanotli raketasi sinovdan o‘tkazilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid