O‘zbekiston | 14:08 / 03.10.2020
16447
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston O‘zbekiston bilan chegarani ochish borasida hozircha bir qarorga kelmadi

Qayd etilishicha, respublika shtabi chegaralarni ochish borasida qaror qabul qiladi, chegarani kesib o‘tish shartlarini belgilaydi.

O‘zbekiston bilan chegarani ochish borasidagi qarorni koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha respublika shtabi qabul qiladi, deb ma'lum qildi Tojikiston tashqi ishlar vazirligi.

 «Biz 1 oktabr kuni O‘zbekistondan chegarani ochish maqsadi to‘g‘risida rasmiy bildirishnoma oldik. Bildirishnoma respublika shtabiga yo‘naltirildi. Hozirda bu masala ko‘rib chiqilmoqda»,- deyiladi Tojikiston TIV tomonidan.

Qayd etilishicha, respublika shtabi chegaralarni ochish borasida qaror qabul qiladi, chegarani kesib o‘tish shartlarini belgilaydi.

«Do‘sti» chegara-o‘tkazish punktining bildirishicha, 1 oktabr kuni Tojikistondan O‘zbekistonga oilasida favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan bir necha kishi o‘tgan, Tojikistonga esa tojik oliy o‘quv yurtlarida o‘qiydigan o‘zbekistonlik talabalar o‘tishgan.

Yana bir chegara-o‘tkazish punkti esa chegaralar 11 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovidan keyingina ochilishini ma'lum qilgan.

Shu bilan birga, qayd etilishicha, O‘zbekiston hududida bo‘lib turgan tojikistonliklar vatanlariga bemalol o‘tishlari mumkin. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid