Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marafoncha yugurishda 2013 yildan beri birinchi marta yangi g‘olib zafar quchdi
Efiopiyalik Shura Kitata 40-marta o‘tkazilgan London marafonida erkaklar orasida g‘alaba qozondi. E'tiborlisi, keniyalik Eliud Kipchoge 2013 yildan beri birinchi marta marafonda g‘olib bo‘la olmadi.
Foto: Reuters
Marafon masofasi “Sent-Jyeyms” bog‘idagi yopiq halqa bo‘yicha tomoshabinlarsiz o‘tgan. Kitata 42,195 kmlik masofani 2 soat 5 daqiqa 41 soniyada bosib o‘tdi. Marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib keniyalik Vinsent Kipchumba kesib o‘tdi. U g‘olibga bor-yo‘g‘i 1 soniya yutqazdi. Marraga uchinchi bo‘lib yana bir efiopiyalik sportchi Sisay Lemma keldi.
Musobaqada Olimpiya chempioni va jahon rekordchisi Eliud Kipchoge g‘olibdan 1 daqiqa 8 soniyalik kechikish bilan marraga sakkizinchi bo‘lib kelgan. Nomdor sportchi 2013 yilda Berlin marafonida 2-o‘rinni olgandan beri 1-o‘rinni hech kimga bermay kelayotgandi. O‘shandan beri Kipchoge qatorasiga 8 ta nufuzli marafonda va Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadada g‘alaba qozongan.
Ayollar o‘rtasida ikkinchi yil keniyalik Brijid Kosgey g‘alaba qozondi. Uning vaqti 2 soat 18 daqiqa 58 soniyani tashkil qildi. 2-o‘rinni amerikalik Sara Xall (+3,3 soniya), 3-o‘rinni keniyalik Rut Chepngetich (+3,7) egalladi.
Avvalroq koronavirus pandemiyasi sababli Boston, Nyu-York, Berlin, Chikagodagi marafonlar bekor qilingandi, Tokiodagi marafon esa tomoshabinlarsiz o‘tgandi.
Mavzuga oid
09:20 / 28.02.2026
Londonda uchrashuv: O‘zbekiston va BP neft-gaz imkoniyatlarini o‘rganadi
09:50 / 27.02.2026
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Londonda shahzoda Edvard bilan uchrashdi
16:41 / 26.02.2026
Londonda birinchi marta Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirlari sammiti bo‘lib o‘tmoqda
09:44 / 24.02.2026