Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kollej va texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish muddati uzaytirildi
Kollej va texnikumlarga abituriyentlar hujjatlarini onlayn qabul qilish muddati 2020 yil 20 oktyabrga (20 oktabr kuni ham) qadar uzaytirildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, bu ko‘p sonli ota-onalar, yoshlar, xususan joriy yilda OTMlarga o‘qishga kirish uchun yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlarning kollej va texnikumlarda ta'lim olish imkoniyatini yaratish maqsadida qilindi.
Abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish onlayn tarzda kollejlarga www.kollej.edu.uz va texnikumlarga www.texnikum.edu.uz elektron platformalari orqali amalga oshirildi.
Kollej va texnikumlarga elektron platforma orqali qo‘yidagi hujjatlar qabul qilinadi:
elektron ariza;
pasport (elektron) nusxasi;
umumta'lim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat (elektron) nusxasi yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasasini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom (elektron) nusxasi;
3x4 fotosurat.
Qayd etilishicha, yuridik texnikumlar bundan mustasno.
Mavzuga oid
14:48 / 10.11.2025
Endilikda sog‘liqni saqlash rahbarlarining kunlik qabuli mahallada o‘tkaziladi
16:00 / 18.10.2025
Bolalarni davlat maktablariga qabul qilishda eskirgan tartibotlar bekor qilinadi
12:38 / 16.09.2025
OTMga xorijiy fuqarolarni yangi portal orqali o‘qishga qabul qilish yo‘lga qo‘yiladi
18:11 / 15.09.2025