Chexiya hukumati koronavirus sababli izolyatsiya rejimini tiklashni o‘ylamoqda
Aholisi 10,7 mln kishini tashkil etuvchi Chexiyada zararlanish holatlari 110 mingga yaqinlashgan, 905 kishi vafot etgan.
Chexiya hukumati mamlakatda koronavirus yuqtirish holatlari keskin ko‘payganligi sababli yangi izolyatsiya rejimini joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Associated Press agentligining xabar berishicha, Chexiyada o‘tgan sutkada 8 618ta yangi holat aniqlangan. Undan bir kun avval esa 5 394ta yangi holat qayd etilgandi, deb xabar berdi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi.
Aholisi 10,7 mln kishini tashkil etuvchi Chexiyada zararlanish holatlari 110 mingga yaqinlashgan, 905 kishi vafot etgan.
Mamlakat hukumati aholini mas'uliyatli bo‘lishga chaqirmoqda. Bosh vazir Andrey Babish agarda zararlanish holatlari o‘sishda davom etadigan bo‘lsa, hukumat izolyatsiya rejimini qaytarishini bildirdi.
Uning qayd etishicha, vaziyat juda jiddiy va odamlar xavfsizlik choralariga rioya qilishlari zarur.
2 oktyabrdan Chexiyada kinoteatrlar, teatrlar, muzey va galereyalar yopilmoqda, universitet va maktablar ta'limning masofaviy shakliga o‘tadi, sport tadbirlarini o‘tkazish taqiqlanadi.
Mavzuga oid
15:30 / 24.10.2024
Chexiya bosh vaziri: Ukraina uchun snaryadlar sotib olish rejaga muvofiq ketyapti
16:00 / 18.10.2024
Chexiya Ukraina uchun o‘q-dorilarni sotib olishni davom ettiradi
13:52 / 02.10.2024
Skoda o‘zining birinchi ixcham elektrokrossoveri - Elroq’ni taqdim etdi
20:48 / 17.09.2024