Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya va Polshada koronavirusga qarshi kurashish doirasida yangi cheklovlar joriy etildi
Avvalroq Germaniya kansleri Angela Merkel kasallanish holatlari yuqori bo‘lgan shaharlarga COVID-19 tarqalishini sekinlashtirish uchun 10 kun muddat berilishini aytgandi. Aks holda bu shaharlarda keskin cheklov choralari kiritishga to‘g‘ri keladi.
Germaniya va Polsha koronavirus tarqalishini sekinlashtirish maqsadida yangi cheklovlar kiritdi. Bu haqda Yevropa OAV xabar bermoqda.
Berlinda barlar va restoranlar 23:00da yopiladi. Ushbu chora 31 oktyabrgacha amalda bo‘ladi. Frankfurt-Mayn shahrida ham ana shunday cheklov joriy etiladi. Bundan tashqari, barcha do‘konlarning ish soatlari qisqartiriladi. Dorixonalar va AYoQShlar bundan mustasno.
Avvalroq Germaniya kansleri Angela Merkel kasallanish holatlari yuqori bo‘lgan shaharlarga COVID-19 tarqalishini sekinlashtirish uchun 10 kun muddat berilishini aytgandi. Aks holda bu shaharlarda keskin cheklov choralari kiritishga to‘g‘ri keladi.
Polshada fuqarolarga jamoat joylarida niqob taqish majburiy etib belgilandi. Oxirgi sutkada bu mamlakatda 4 mingdan ortiq yangi holat qayd etilgan.
Mavzuga oid
10:45
Germaniya Polshaga 300 mln yevrogacha tovon to‘lashi mumkin
23:45 / 27.06.2026
Germaniyada jazirama harorat bo‘yicha yangi rekord
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
10:15 / 22.06.2026