Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV turizm sohasidagi ichki ishlar organlari xodimlarining yangi formasini sinovdan o‘tkazmoqda
Yangi namunadagi forma Toshkent shahar va poytaxt viloyati xodimlarida sinovdan o‘tkazilmoqda.
Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta'minlash bo‘linmalari xodimlarining yangi forma kiyim-boshlari bo‘yicha namunalar loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda IIV Xavfsiz turizmni ta'minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, bugungi kunda yangi namunadagi forma Toshkent shahar va poytaxt viloyati xodimlarida sinovdan o‘tkazilmoqda.
“Forma kiyimini ishlab chiqishda avvalo ko‘rinishiga ahamiyat qaratildi, shu bilan birga uning qulayligi, zamonaviy dizaynga ega ekanligi ham e'tibordan chetda qolmadi, albatta. Bundan tashqari, bo‘linmalar xodimlari faoliyatining o‘ziga xos jihatlari, mamlakatimiz hududidagi iqlim sharoitlari va zamonaviy talablar inobatga olindi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, taqdim etilgan forma joriy yil davomida sinovdan o‘tkaziladi.







Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
O‘zbekiston sayyohlar oqimi o‘sishi bo‘yicha dunyo yetakchilari qatoriga kirdi
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
17:45 / 30.04.2026