Rossiyaning koronavirusga qarshi dori vositasi narxi ikki baravarga arzonlashdi
«Avifavir» (RFPI va «Ximrar» mahsuloti) dorisini yetkazib berish bo‘yicha ilk shartnoma 4 iyunda tuzilgan. Iyun oxirigacha bir qadog‘ining davlat xarididagi o‘rtacha narxi 22,3 ming rublni tashkil etgan.
Koronavirusdan davolashda qo‘llaniladigan favipiravir dori vositasining narxi yoz faslidan buyon muntazam tushib bormoqda. «Farmvestnik» nashrining yozishicha, oxirgi uch oy davomida uning narxi ikki baravarga arzonlashgan.
Qayd etilishicha, «Avifavir» (RFPI va «Ximrar» mahsuloti) dorisini yetkazib berish bo‘yicha ilk shartnoma 4 iyunda tuzilgan. Iyun oxirigacha bir qadog‘ining davlat xarididagi o‘rtacha narxi 22,3 ming rublni tashkil etgan. Iyulda yana ikkita dori: «Koronavir» («R-Farm») va «Areplevir» («Promomed») paydo bo‘lgach, narx 18,3 ming rublga tushgan.
Sentyabrda «Promomed» davlat xaridi narxini 12 320 rubl, «R-Farm» esa 11 550 rubl etib belgilagan.
Roszdravnadzorning ma'lum qilishicha, narxlar yanada tushishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda
23:06 / 16.01.2023