Jahon | 20:56 / 18.10.2020
4026
1 daqiqa o‘qiladi

Pompeo: AQSh Eronga qurol yetkazib berishga aloqador barchaga nisbatan sanksiya kiritishga tayyor

18 oktyabrda Eronga qurol importi va eksportiga nisbatan kiritilgan embargo muddati nihoyasiga yetdi. Endilikda Eron qurol sotib olishi va sotishi mumkin. 

Foto: AP Photo/Patrick Semansky

AQSh Eronga qurol yetkazib berish yoki undan qurol sotib olishga aloqador barcha jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan sanksiya kiritishga tayyor. Bu haqda AQSh davlat kotibi Maykl Pompeoning bayonotida aytilgan.

Bayonotda aytilishicha, AQSh Eronga qurol yetkazib bergan yoki sotgan hamda sotib olgan har qanday jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan sanksiyalar joriy etish uchun o‘z vakolatlarini ishga solishga tayyor.

 Eslatib o‘tamiz, 18 oktyabrda Eronga qurol importi va eksportiga nisbatan kiritilgan embargo muddati nihoyasiga yetdi. Endilikda Eron qurol sotib olishi va sotishi mumkin. 

 Oktabr boshida AQSh Eronning 18 bankiga qarshi sanksiyalar kiritgandi. Sentabr oxirida AQSh Eron mudofaa vazirligiga qarshi sanksiyalar kiritgandi. AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo ta'kidlaganidek, AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi qurol embargosini tiklovchi farmonni imzolagan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid