Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko yangi prezidentlik muddatiga nomzodini qo‘ymaslikka va'da bergani ma'lum qilindi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko yangi konstitutsiya qabul qilingandan keyin navbatdagi prezidentlik muddatiga nomzodini qo‘ymaslikka va'da berdi. Bu haqda prezident lavozimiga da'vogarlik qilgan Viktor Babarikoning vakili Yuriy Voskresenskiy ma'lum qildi.
Voskresenskiyning ta'kidlashicha, Lukashenko yangi muddatga nomzodini qo‘ymaslikka hibsda ushlab turilgan muxolifat vakillari bilan 10 oktyabrda o‘tgan uchrashuvida va'da bergan.
“U “davra suhbati” ishtirokchilariga prezidentlikdan to‘yganini aytdi va bu uning oxirgi muddati ekaniga va'da berdi”, deb ma'lum qilgan prezidentning muxolifatchilar bilan uchrashuviga izoh berib Voskresenskiy. Uning o‘zi ham hisbga olinganlar orasida bo‘lgan va o‘sha uchrashuvda ishtirok etgan. Uchrashuvdan ko‘p o‘tmay u ozod etilgan.
Muxolifatchining ta'kidlashicha, u Lukashenkoning so‘zlariga ishonadi. Uning aytishicha, Lukashenko yangi konstitutsiyada prezidentlik muddatlarini cheklashga ham tayyor.
“Sizga “davra suhbatidan yana bir sensatsiyani ma'lum qilaman. Lukashenko “Sizga so‘z beraman, shaxsan o‘zim konstitutsiyada prezidentlik muddatlari ikkita muddat bilan cheklanishi uchun tuzatmalar kiritish taklifi bilan chiqaman”, deb aytdi”, deb ma'lum qilgan Voskresenskiy.
Uning fikricha, Lukashenko konstitutsiyaga bir qator boshqa takliflarni, jumladan parlament roli kuchaytirilishini qo‘llab-quvvatlashga tayyor.
“Avval u bunga tayyor emas edi, chunki bunga jamiyatdan talab bo‘lmagan. Biroq endi jamiyat bunday o‘zgarishlar uchun yetildi”, deb o‘z so‘zlarini yakunlagan muxolifatchi.
Aleksandr Lukashenko 9 avgustda o‘tgan prezidentlik saylovlari natijalariga ko‘ra 6-muddatga qayta saylangandi. U 23 sentyabrdan o‘z lavozimini bajarishga kirishgan.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
09:00 / 01.06.2026
Lukashenko: “Ukrainadagi voqealar Armaniston uchun saboq bo‘lishi kerak”
22:20 / 24.05.2026