Senat yalpi majlisida Oliy Majlis Senatining 2020 yil 19 iyundagi tegişli qaroriga muvofiq Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş va sohaga oid qonun hujjatlarining ijro etilişi holati yuzasidan yuborilgan parlament sörovi natijalari muhokama qilindi.
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Qutbiddin Burxonov parlament sörovi natijasi yuzasidan qömita xulosasini bildirdi. Parlament sörovida kötarilgan ba'zi masalalarning yeçimiga e'tibor qaratilmagani ta'kidlandi.

«Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yöllari qömitasi tomonidan 2019 yilda tasdiqlangan yöl harakati xavfsizligi standartlari yuzaki işlab çiqilgan.
Uşbu standartlardagi yöl belgilarining tartib raqamlari ham töğri belgilanmagan, bu esa yöl harakatining asosiy va ustuvor qoidalaridan hisoblanadi.
Ya'ni mazkur standartlar boşqa davlatlarning standartlaridan töğridan töğri köçirib olingan. Oqibatda boşqa davlatlarning amaldagi yöl harakati qoidalaridagi mavjud yöl belgilari uşbu standartlarning ilovalariga ham kiritilgan. Vaholanki, mazkur yöl belgilari Özbekiston Respublikasi Yöl harakati qoidalarida mavjud emas.
Şuningdek, Davlat yöl harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan harakat xavfsizligini ta'minlaş, yöl-transport hodisalarining oldini oliş, harakat iştirokçilariga qulayliklar yaratiş yuzasidan mahalliy hokimliklar hamda tegişli taşkilot va idoralarga 2017–2020 yillar davomida jami 6 709ta taqdimnoma kiritilgan bölsa-da, ularning 3 173tasi yoki 45 foizi belgilangan muddatlarda körib çiqilmagan.
Bundan taşqari, mutaxassislar tomonidan yöl-transport hodisalarining kelib çiqişiga sabab bölayotgan avtomobil yöllarini zarur darajada ta'mirlaşga e'tibor qaratilmagani oqibatida 2019 yilda va 2020 yilning 8 oyi davomida 532ta yöl-transport hodisasi sodir etilib, ularda 511 nafar fuqaro jarohatlangan va 191 nafar fuqaro halok bölgan.
Bu kabi kamçiliklar Davlat yöl harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan kiritilayotgan taqdimnomalar ijrosini ta'minlamagan mutasaddilarga nisbatan ta'sirçan çoralar körişni taqozo etmoqda», deya Qutbiddin Burxonovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.












