28 noyabr kuni Toşkent şahrining Yunusobod tumanida sodir bölgan yöl-transport hodisasi oqibatida Poytaxt Parking xodimi Feruz Parmonov halok böldi.

YHXB xabariga köra, hodisa 28 noyabr kuni taxminan soat 11:10 da tumanning Abdulla Qodiriy köçasida sodir bölgan. Onix rusumli avtomobil haydovçisi harakat vaqtida boşqaruvni yöqotib, yölning öng çetki qismida turgan avtoturargoh xodimi Feruz Parmonovni urib yuborgan.

Şundan söng Onix öng qatorda töxtab turgan Nexia-3 va Cobalt avtomaşinalari bilan ham töqnaşgan hamda yölning qatnov qismidan çiqib ketgan.

YTH oqibatida inspektor voqea joyida halok bölgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş odam ölimiga sabab bölişi) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov davom etmoqda.

«Biz ijtimoiy tarmoqlarda fojia sodir bölgan joydan olingan foto va video materiallar, şuningdek, voqea göyoki uşbu köçada pulli avtoturargohlar taşkil etilgani sababli sodir bölgani haqidagi asossiz da’volar tarqatilayotganidan jiddiy taşvişdamiz. Jamoatçilikdan va ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilaridan tergov yakunlanişini kutişni, marhumning xotirasini hurmat qilişni va uşbu fojiaga oid tekşirilmagan yoki yolğon ma’lumotlarni tarqatmaslikni sörab qolamiz», – deyiladi Poytaxt Parking kompaniyasi xabarida.

Kompaniya tegişli organlar bilan doimiy aloqada bölib, fojia holatlarini hamda Onix haydovçisining ayb darajasini xolis ravişda aniqlaşga qaratilgan tergov jarayoniga töliq kömak körsatayotganini bildirdi.

«Biz marhumning oilasi va yaqinlariga çuqur ta’ziya izhor etamiz. Feruz fidokor, tirişqoq va mas’uliyatli inson edi. Uning kutilmagan ölimi butun jamoamiz uçun oğir yöqotiş böldi. Biz uning xotirasini çuqur hurmat qilamiz», – deyiladi xabarda.