Toşkent şahar IIBB YHXB axborot xizmati ma’lumotiga köra, joriy yilning 3 dekabr kuni soat 10:25 larda Olmazor tumani, KHAY köçasi 20/3-uy qarşisida Hongqi rusumli avtomaşina va BYD rusumli avtomaşina töqnaşişi oqibatida yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

YTH natijasida har ikkala avtomaşina haydovçilariga voqea joyida birinçi tez tibbiy yordam körsatilgan.

Ma’lumotga köra, mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB hamda FVB mas’ul xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Yöl harakati xavfsizligi xizmati barça haydovçi va yölovçilardan yöl harakati qoidalariga qat’iy rioya qiliş, tezlikni belgilangan me’yordan oşirmaslik va yölda ehtiyotkorlikni yanada kuçaytirişni söramoqda.