“Özbekiston prezidentining 4125-sonli qaroriga asosan, Respublika sud ekspertizasi markazida bir qator yangi turdagi ekspertizalar joriy etilişi nazarda tutilgan. Ular orasida markazning Sud-avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasiga tegişli sud avtomobil yöllari ekspertizasi yölga qöyilişi belgilangan edi. Uşbu yangi turdagi ekspertizani amaliyotga tatbiq qiliş va ekspertlar uçun metodik qöllanmani işlab çiqiş maqsadida respublikadagi avtomobil yöllariga tegişli barça me'yoriy hujjatlar va standartlar örganib çiqildi, mazkur yönalişda ilmiy işlar olib borildi.

Bundan taşqari, ilğor xorijiy tajribani örganiş maqsadida markazimizning bir qator xodimlari Belarus Respublikasi sud ekspertiza qömitasida malaka oşirib qaytişdi. Ular safida men ham olti oy davomida uşbu yönaliş böyiça bilim oldim, malakamni oşirdim. Hozirgi kunda sud avtomobil yöllari ekspertizasi böyiça ekspertlar uçun metodik qöllanma işlab çiqildi, maxsus uskunalarni sotib olişga buyurtma berildi. Uskunalar yetib kelişiga yangi ekspertiza bilan şuğullana boşlaymiz”, deydi Murodjon Mahkamov.
Uning aytişiça, sud avtomobil yöllari ekspertizasi dunyodagi eng ilğor, talab yuqori bölgan ekspertiza turlaridan hisoblanadi. Qolaversa, Özbekistondagi yöllarning holati, yöl-transport hodisalarining ma'lum bir qismi yöllardagi nosozlik bois yuzaga kelişi inobatga olinib, Özbekistonda ham uşbu espertiza joriy etilmoqda.

“Özbekiston yöllarida ham ekspertizaga tegişli masalalar bor. Şu sababli prezident qarori bilan yangi turdagi ekspertiza amaliyotga tatbiq etilmoqda. Sud avtomobil yöllari ekspertizasi YTH bölgan şaroitni örganib çiqadi, voqea joyidagi yöl nosozliklarini, yölning standartlarga mosligini va yöldagi nosozlik hodisaning sodir bölişida qançalik rol öynaganini aniqlaşga qaratilgan ekspertiza hisoblanadi.
Avtomobil yöllarining quriliş va foydalaniş xususiyatlari, uning elementlari, atrof-muhit bilan özaro ta'siri, şuningdek, YTH bilan boğliq bölgan xususiyatlari sud avtomobil yöllari ekspertizasining predmeti hisoblanadi. Ekspertiza davomida, yuqoridagilardan taşqari, yöl çiziqlari va belgilari ham örganilib, ularning belgilangan me'yor talablariga qançalik mosligi aniqlanadi. Şuningdek, yöl belgilari va yöl çiziqlarining bir-biriga qay darajada muvofiqligi, ya'ni teskari emasligi va bu holatning yöl-transport hodisasiga ta'siri ham albatta örganiladi”, deydi Respublika sud ekspertizasi markazi boş eksperti.












