Namanganda go‘sht narxini tushirish uchun qanday chora ko‘rilmoqda? Viloyat hokimi hisobot berdi
Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashining 10-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqovning hisoboti tinglandi.
Bugungi kunda Namangan viloyatida aholi soni 2 million 834 ming nafarni tashkil etib, me'yor bo‘yicha aholi iste'moli uchun kelgusi 6 oy davomida 39,7 ming tonna mol go‘shti, 21 ming tonna tovuq go‘shti, 10,1 ming tonna baliq go‘shti, 74,6 ming tonna kartoshka, 13,9 ming tonna guruch, 128,6 ming tonna un, 15,6 ming tonna shakar, 12,9 ming tonna o‘simlik moyi, 9,5 ming tonna piyoz va 27,8 ming tonna sabzi mahsulotlari talab etiladi.
Hisobot davomida 2020 yilda 154,2 ming tonna (103,2%) mol go‘shti, 283,2 ming tonna (104,4%) kartoshka, 12,7 ming tonna (103%) tovuq go‘shti, 6,9 ming tonna (101,4%) baliq, 104,8 ming tonna (105,6%) piyoz, 145,1 ming tonna (101,9%) sabzi, 8,3 ming tonna (101,8%) guruch, 197 ming tonna (107,3%) un, 30,5 ming tonna (106,2%) o‘simlik moyi yetishtirilishi hisob-kitob qilingani ta'kidlandi.
Viloyat hokimi oziq-ovqat xavfsizligi borasida ushbu sohaga ixtisoslashtirilgan yirik korxonalarga markaziy bozorlardan joy ajratish hamda ular mahsulotlarini «birinchi qo‘l» sifatida arzon narxda sotishiga imkon yaratish kerakligini aytdi.
Bundan tashqari, viloyat hokimi dehqon bozorlarida dehqonlar emas, dallollar mahsulot sotayotgani, bu borada nazorat sustligi, bozorlar ma'muriyati dehqonlar mahsulot sotishiga qarshilik qilishini tanqid qildi.
Sessiyada go‘sht mahsulotlari narxini arzonlashtirish maqsadida viloyatda 3 197 gektar yer maydonlarini chorvachilikka o‘zlashtirish bo‘yicha davlat tomonidan subsidiyalar ajratilgani ma'lum qilindi.
Mavzuga oid
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
21:11 / 11.11.2024
Namanganda poyezd bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi halok bo‘ldi
17:35 / 11.11.2024
Namanganda to‘yona ko‘rinishida pora olgan kadastr bo‘limi boshlig‘i 5 yilga qamaldi
09:30 / 07.11.2024