Sudan Isroil bilan munosabatlarni normallashtirishga kirishdi
Fors ko‘rfazi davlatlari hisoblangan Bahrayn va Birlashgan Arab Amirliklaridan so‘ng, Sudan ham AQSh vositachiligi ostida Isroil bilan munosabatlarini normallashtirishga qaror qildi.
Xartum dam olish kunlari diplomatik aloqalar o‘rnatilishi to‘g‘risida rasmiy e'lon qilishi mumkin, deya xabar bergan Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuga yaqinligi bilan tanilgan “IsraelHayom” gazetasi.
Xabarda aytilishicha, chorshanba kuni yuqori darajadagi Isroil delegatsiyasi va Mossad razvedka agentligi rasmiylari bo‘lgan samolyot Tel-Avivdan Xartumga jo‘nab ketganligi va Sudan rasmiylari bilan muzokaralar olib borilganligi hamda ikki tomonlama tan olish to‘g‘risida kelishuvga erishilganligi ta'kidlangan.
Ushbu qadam AQShning Sudanni terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risidagi qaroridan keyin amalga oshirilmoqda. Sudan rasmiylari esa, bu ikki masalani bir-biriga bog‘lab qo‘ymaslik kerakligini aytgan.
Ayni paytda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo chorshanba kuni Xartum Isroilni tan olish uchun «astoydil harakat qilayotganini» aytgan edi. Shuningdek, Pompeo Sudan rasmiylari bilan muzokaralar olib borilganligi va ikki tomonlama tan olish to‘g‘risida kelishuvga erishilganligi ta'kidlangan.