Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Ozarboyjondagi elchixonasi Bokuda teraktlar sodir etilishi mumkinligidan ogohlantirdi
Qayd etilishicha, teraktlar JW Marriott Absheron mehmonxonasida va "Bokuning boshqa joylarida" amalga oshirilishi mumkin.
AQShning Ozarboyjondagi elchixonasi o‘z fuqarolari va boshqa xorijliklarni Bokuda teraktlar sodir etilishi mumkinligidan ogohlantirdi.
"AQShning Bokudagi elchixonasi Bokuda AQSh fuqarolari va xorijliklarga qarshi hujum va o‘g‘irlab ketishlar amalga oshirilishi to‘g‘risida ishonchli xabarlar oldi", - deyiladi elchixona xabarida.
Qayd etilishicha, teraktlar JW Marriott Absheron mehmonxonasida va "Bokuning boshqa joylarida" amalga oshirilishi mumkin.
Elchixona fuqarolarni hushyorlikka va odamlar gavjum joylardan uzoqroqda bo‘lishga chaqirgan.
15 oktyabrda Ozarboyjon xavfsizlik xizmati fuqarolarni Armaniston maxsus xizmatlari Boku va Ozarboyjonning yirik shaharlarida teraktlar uyushtirishni rejalashtirayotgani to‘g‘risida ogohlantirgandi.
Mavzuga oid
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026