Fransiya prezidenti Emmanuel Makron islom dini «dunyo bo‘ylab inqiroz holatida» deya ta'kidlashi va payg‘ambar karikaturasi chizilishini himoya qilib chiqishi ortidan, Yaqin Sharq mamlakatlarida fransuz tovarlariga boykot e'lon qilindi. Musulmonlar ijtimoiy tarmoqlarda Makronning so‘zlariga nisbatan toqatsizligini turli shakllarda izhor qilmoqda.

Istanbuldagi aksiya. 25 oktabr 2020 yil.
Foto: Emrah Gürel / AP

Arab mamlakatlarida bir nechta yirik supermarketlar tarmoqlari Fransiya mahsulotlariga nisbatan boykotga qo‘shilgan. Kuvaytda 430ga yaqin sayyohlik agentliklari Fransiyaga chipta sotishni to‘xtatdi. Qatar universiteti rejalashtirilgan fransuz madaniyati haftaligini «islom va uning ramzlariga qasddan qilingan hujum» sababli noma'lum muddatga qoldirdi.

Qator shaharlarda, xususan Fransiyaning Iroq va Isroildagi elchixonalari oldida mitinglar bo‘lib o‘tdi, ularda uchrangli bayroq va Makronning suratlari yoqildi.

Fransiyaning Bag‘doddagi elchixonasi oldidagi namoyish. 26 oktabr, 2020 yil.
Foto: Reuters / Teba Sadiq

Islom hamkorlik tashkiloti fransuz yetakchisining chaqirig‘ini qoralab bayonot e'lon qildi. Eron, Pokiston, Iordaniya va Marokash hukumatlari ham Makronning xatti-harakatlaridan norozilik