Parij Anqaradagi elçisini maslahatlaşuvlar uçun çaqirtirib oldi, deb xabar bermoqda BFMTV.
Parij yaqinida tarix öqituvçisi Samyuel Pati Abdulaxan Anzorov tomonidan öldirilgaç, Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron mamlakatning dunyoviy qadriyatlarini radikal islomdan himoya qilişga va'da berdi. Şu bilan birga, Fransiya yetakçisi Islom dini butun dunyoda inqirozni boşidan keçirayotganini aytdi.
Uning aynan mana şu sözlari Turkiya prezidentining ğazabini keltirdi. Erdöğan bunday sözlarni ruhan nosoğlom odamgina gapirişi mumkinligini, Makron ruhiy davolanişga muhtojligini bildirdi.
Turkiya prezidenti şuningdek, Yevropa «musulmonlarga qarşi front oçiş» bilan özini özi tamom qilayotganligini aytdi.












