Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“YaIMni ikki baravarga oshirish va energetika mustaqilligiga erishish”. Imomali Rahmon o‘z xalqiga nimalarni va'da qildi?
Tojikistonning yangi saylangan prezidenti Imomali Rahmon 30 oktabr kuni qasamyod qabul qildi va qasamyoddan so‘ng nutq so‘zladi. Beshinchi marta prezidentlik kursisiga o‘tirgan Rahmon o‘z nutqida nimalarni va'da qildi?
“Kelgusi yetti yil ichida milliy resurslar va barcha imkoniyatlardan samarali foydalanish evaziga to‘liq energetik mustaqillikka erishishimiz, kommunikatsion yopiqlikdan butunlay chiqishimiz va Tojikistonni tranzit mamlakatga aylantirishimiz kerak”.
“Bu vaqt ichida yana bir strategik maqsad – minglab yangi ish o‘rinlari yaratadigan va mehnat migratsiyasini qisqartiradigan tezkor sanoatlashtirish jarayonini jadallashtirish uchun oziq-ovqat xavfsizligiga yaqinlashishimiz darkor”.
“Kelgusi yetti yil davomida iqtisodiy sektor uchta asosiy vazifaga e'tibor qaratadi – milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va raqobatbardoshlikni oshirish evaziga barqaror rivojlanishni ta'minlash, o‘rta sinf ulushini oshirish va mamlakatning o‘rtacha daromad darajasiga ega ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga erishish”.
“Kelgusi yetti yil ichida mamlakat YaIMni ikki baravarga oshirishimiz, o‘rta sinf ulushini 45 foizgacha yetkazishimiz va kambag‘allikni 15 foizgacha qisqartirishimiz lozim”.
“Fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya sohasidagi xizmatlar sifati muntazam yaxshilanib boradi va bu sohalarga 123 milliard somoniydan ortiq mablag‘ ajratiladi”.
“Kelgusi yetti yil davomida turli iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun mamlakat bank tizimi 100 milliard somoniydan ortiq kredit mablag‘lari taqdim etadi, bu avvalgi yetti yillikka nisbatan 1,5 baravarga ko‘p”.
“Kelgusi yetti yil davomida 540 mingdan ortiq yoshlar oliy ta'lim oladi, 40 mingga yaqin iste'dodli yoshlar oliy ta'limga ega bo‘lish uchun rivojlangan mamlakatlarga yuboriladi”.
Mavzuga oid
20:05 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston bosh vazirini qabul qildi
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
18:02 / 02.06.2026
Tojikistonda O‘zbekistondan keltirilgan havo shari quladi va odamlar jarohat oldi
18:31 / 29.05.2026