O‘zbekiston | 20:31 / 31.10.2020
38908
2 daqiqa o‘qiladi

Rasman: 1 noyabrdan dizel yoqilg‘isi arzonlashtirilmoqda

1 noyabrdan boshlab “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli yoqilg‘i quyish shoxobchalarida import dizel yoqilg‘isining narxi 6500 so‘mdan 6000 so‘mga arzonlashtiriladi.

Foto: Depositphotos

“O‘zbekneftgaz” AJ axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, kompaniya neft mahsulotlarining narxini bosqichma-bosqich arzonlashtirmoqda. Jumladan, 1 noyabrdan boshlab import dizel yoqilg‘isining narxi 6000 so‘mdan sotila boshlaydi.

“Biz doimiy ravishda aholiga sotilayotgan mahsulot narxini muntazam o‘rganib, tahlil qilib boramiz. Agarda mahsulot tannarxi pasaysa, uni sotish narxini, albatta, kamaytirish zarur, deb hisoblaymiz. Bundan keyin ham bu amaliyot davom ettiriladi”, – deydi “UNG Petro” korxonasi direktori Mirzohid Musayev.

Qayd etilishicha, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida sotilayotgan mahsulot turlari, ularning narxlari hamda joylashgan manzillari haqida to‘liq va aniq ma'lumotlarni @UNGPetroBot telegram kanali orqali olishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning aprel oyida «O‘zbekneftgaz» AJ uch oy ichida dizel yonilg‘isi narxi deyarli 2 ming so‘mga arzonlashganini ma'lum qilgan edi. O‘shanda dizel yonilg‘isi bir litrining birjalardagi bahosini 14 aprel kunidan e'tiboran 5600 so‘m qilib belgilangandi.

3 aprelda O‘zbekistonda dizel yoqilg‘isi narxi 7300 dan 7000 so‘mga, 1 martda esa  7500 so‘mdan 7300 so‘mga arzonlagan edi.

Prezident qaroriga muvofiq, 1 maydan dizel yonilg‘isi birja savdolari orqali sotilmoqda.

Mavzuga oid