«Ipak Yo‘li» banki Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan taqdirlandi
«Ipak Yo‘li» banki Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan savdoni moliyalashtirish sohasida 2019 yil iyunidan 2020 yil iyuligacha bo‘lgan davrda eng ko‘p operatsiyalar o‘tkazganligi tufayli O‘zbekiston Respublikasidagi eng yaxshi hamkor sifatida taqdirlandi. Taqdirlash marosimi 2020 yil 28 oktyabrda Zoom veb-platformasi orqali onlayn bo‘lib o‘tdi. Ushbu e'tirof, bankning hujjatli amaliyotlar yordamida savdoni moliyalashtirishda o‘z mijozlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirgan ishlarining eng yaxshi ko‘rsatkichidir.
«Ipak Yo‘li» banki Osiyo taraqqiyot banki (OTB) bilan savdoni moliyalashtirish sohasida 2013 yil 10 oktyabrdan beri hamkorlik qilib kelmoqda. O‘tgan yillar davomida OTB savdoni moliyalashtirish liniyasi doirasida bank o‘z mijozlarining 19 million AQSh dollaridan ortiq miqdordagi import shartnomalarini muvaffaqiyatli moliyalashtirdi, shundan 5 million AQSh dollaridan ko‘proq summa 2019-2020 yillarga to‘g‘ri keladi. Mijozlarning moliyalashtiriladigan importi geografik jihatdan cheklanmagan va hozirgi vaqtda o‘tkazmalar Xitoy, Rossiya, Italiya, Ozarboyjon va boshqa ko‘plab yaqin hamda uzoq xorijiy mamlakatlar sheriklari foydasiga muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Shu bilan birga, importni moliyalashtirish nafaqat asbob-uskunalar va xomashyo sotib olishga, balki keyinchalik ichki bozorda realizatsiya qilish maqsadida tayyor mahsulotlarni sotib olish uchun ham yo‘naltirilishi mumkin.
Savdoni moliyalashtirish bo‘yicha operatsiyalarni samarali amalga oshirish uchun «Ipak Yo‘li» banki o‘z mijozlariga kechiktirilgan to‘lov ko‘zda tutilgan birinchi darajadagi Yevropa banklari tomonidan tasdiqlangan hujjatli akkreditivlarni ochishni amalda qo‘llaydi hamda eksporter qiluvchi korxonalar uchun muddatidan oldin to‘lovni ta'minlashda eksport akkreditivlari bo‘yicha negotsiatsiyadan foydalanadi.
Bugungi kunda «Ipak Yo‘li» banki o‘z mijozlariga savdoni moliyalashtirish sohasidagi hamkorlikning sifati va samaradorligi bilan xursand qilib, xizmat turlarini kengaytirishda davom etmoqda!
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
16:55 / 24.05.2023
“Ipak Yo‘li” Banki XSRIK bilan yangi shartnoma orqali kichik va o‘rta biznesni islomiy moliya bilan ta’minlaydi
19:00 / 22.05.2023
“Ipak Yo‘li” banki yevropalik hamkorlar bilan xususiy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda
08:44 / 20.12.2022
ITFC Ipak Yo‘li banki bilan qiymati 15 million AQSh dollariga teng moliyalashtirishga oid shartnomani imzoladi
18:55 / 15.09.2022