Jahon | 20:35 / 04.11.2020
2164
1 daqiqa o‘qiladi

MDH davlatlari bosh vazirlari iqtisodiyot va xavfsizlik masalalarini muhokama qiladi

Ilgari kelishilgan qator hujjatlarni, jumladan, tinchlik maqsadlarida atom energiyasidan foydalanish sohasidagi hamkorlik, innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik kabi dasturlarni muhokamalarsiz imzolash rejalashtirilgan. 

MDH hukumat rahbarlari kengashining 6 noyabr kuni videokonferensiya shaklida o‘tkaziladigan yig‘ilishida iqtisodiy hamkorlik va xavfsizlik masalalari muhokama qilinadi. Bu haqda MDH ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, yig‘ilishda ilgari kelishilgan qator hujjatlarni, jumladan, tinchlik maqsadlarida atom energiyasidan foydalanish sohasidagi hamkorlik, innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik kabi dasturlarni muhokamalarsiz imzolash rejalashtirilgan. 

Bundan tashqari, MDH davlatlari hududlarida xalqaro yuklarni tashishda transport xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha 2020-2023 yillarga mo‘ljallangan strategiyani amalga oshirish bo‘yicha choralar rejasi tasdiqlanadi.

Shuningdek, havo hujumidan mudofaa birlashgan tizimini rivojlantirish, radiatsion, kimyoviy va biologik holatni nazorat qilish va baholashga oid hujjatlar imzolashga tayyorlangan.  

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid