Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aliyev Pashinyan bilan uchrashmasligini aytdi
Aliyevning qayd etishicha, Armaniston va Ozarboyjon Tashqi ishlar vazirlari yaqinda Jyenevada muzokara o‘tkazgan va aynan mana shunday uchrashuvlar ikki mamlakat o‘rtasidagi muloqotlarning eng ma'qul shakli hisoblanadi.
Foto: president.az
Ozarboyjon Prezidenti Ilhom Aliyev Ispaniyaning EFE agentligiga bergan intervyusida Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan muzokaralar stoliga o‘tirmasligini aytdi.
«Yo‘q, bu mutlaqo ma'nosiz. Oxirgi ikki yil davomida u bilan ko‘plab uchrashuvlar o‘tkazganman, ammo dastlabki uchrashuvlardan tashqari barchasi befoyda va ma'nosiz bo‘lgan», — dedi Aliyev.
Aliyevning qayd etishicha, Armaniston va Ozarboyjon Tashqi ishlar vazirlari yaqinda Jyenevada muzokara o‘tkazgan va aynan mana shunday uchrashuvlar ikki mamlakat o‘rtasidagi muloqotlarning eng ma'qul shakli hisoblanadi.
Avvalroq Aliyev Ozarboyjon Tog‘li Qorabog‘dagi urushni to‘xtatishga tayyorligini aytgandi.
Tog‘li Qorabog‘ hududida 27 sentyabrdan buyon janglar davom etmoqda. Rossiya va AQSh vositachiligida bir necha marta gumanitar sulh e'lon qilinishiga qaramasdan, Armaniston va Ozarboyjon o‘zaro hujumlarni to‘xtatmayapti.
Mavzuga oid
14:18 / 19.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev strategik sheriklikni muhokama qildi
19:49 / 05.03.2026
Aliyev Naxichivon aeroportiga dron zarbasini terakt deb atadi
23:34 / 18.02.2026
Ozarboyjon elchixonasiga zarbalar tasodifmi?
14:08 / 11.02.2026