Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Polshaga ishlashga ketayotgan shifokorlarni Belarusga qaytib kiritmaslikni buyurdi
“Ketdingmi – ortga qaytolmaysan, o‘sha katta pul topish uchun ketgan joyingda ishlab yuraverasan", - dedi Lukashenko.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Polshaga ishlashga ketayotgan shifokorlarni mamlakatga qaytib kiritmaslik bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda BelTA agentligi xabar qilmoqda.
"Shifokorlarimizni koronavirusga qarshi kurashda davlat va aholiga yordam berish uchun ayniqsa Polshaga chaqirishmoqda. Ogohlantirib qo‘ymoqchiman: bizda ortiqcha shifokor yo‘q. O‘zimizning odamlarni davolashimiz kerak. Biroq hech kimni ushlab turmaymiz. Ammo tushunib olinglar: ketdingmi – ortga qaytolmaysan, o‘sha katta pul topish uchun ketgan joyingda ishlab yuraverasan", - dedi Lukashenko.
U "bu so‘zlar tahdid emas, balki hukumatga berilgan buyruq" ekanligini ta'kidladi.
"Shuning uchun ko‘proq pulni istaganlar yoki valutadan ko‘zlari yashil rangga kirganlarga to‘sqinlik qilmagan holda barchani o‘z joyiga qo‘yib qo‘yish kerak", - dedi Belarus prezidenti.
Belarus koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri mamlakatda karantin joriy etmadi. Respublikada 1 oktyabrdan ko‘ngillilarda Rossiyada ishlab chiqarilgan "Sputnik V" vaksinasini sinash boshlandi.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
09:00 / 01.06.2026
Lukashenko: “Ukrainadagi voqealar Armaniston uchun saboq bo‘lishi kerak”
22:20 / 24.05.2026