«Sun'iy intellekt yönalişida ikki yildan beri izlaniş olib bormoqdamiz. Hozirgi kunda juda köp rivojlangan davlatlarda bu sohani takomillaştirişga alohida urğu berilyapti. Sababi globallaşuv jarayonida köp ma'lumotlar elektron tarzda qabul qilinmoqda. Juda köp ma'lumotlarga egamiz, lekin ularni tahlil qilişga inson idroki ojizlik qiladi. Şuning uçun ham sun'iy intellektga yuzlanilmoqda.

Misol uçun, davlat boşqaruvini olaylik. Bu yönalişga sun'iy intellektni joriy etilişi juda yaxşi natija beradi. Özbekistonda taşkil etilgan yaxşi tadbirlardan biri – prezident va boş vazir qabulxonalari işlayotganidir. Bu orqali xalq bilan muloqot bölyapti. Juda köp ma'lumot xalqdan murojaat sifatida kelyapti. Lekin uni tahlil qiliş uçun inson omili biroz ojizlik qilişi yoki uzoq vaqt talab etişi mumkin.

Agar şu jarayonda sun'iy intellektdan foydalansak, qaysi viloyatda kayfiyat qanaqa ekanini bilişimiz oson böladi. Qaysi hududda masalan, soğliqni saqlaş yönalişida muammolar köp. Qaysi joyda ta'lim yoki qişloq xöjaligida kamçiliklar bor. Bularning barçasi inson omilisiz aniqlanadi.

Bunga qarab davlat öz siyosatini olib borişi yanada yaxşi samara beradi. Bundan faqat töğri ma'noda foydalaniş kerak. Ya'ni murojaatga tezda e'tibor beriş va kelajakda xalqimizning oğriqli nuqtalarini aniqlab, öşaning oldini oliş çoralarini köriş lozim», – dedi vazir örinbosari.

Azimjon Nazarov sun'iy intellekt sohasida jahon tajribasi va uni Özbekistonda rivojlantirişga tösiq bölayotgan muammolarga töxtalib ötdi.

«Misol, Xitoy tajribasini olaylik. Aeroportga kelayotgan yölovçini video yoki suratidan uning kayfiyati, soğliğining darajasi, hatto qanaqa fikrda kelayotganini ham sun'iy intellekt orqali aniqlaydigan texnologiyalari bor ularning. Uskuna tezda va kerakli vaqtda inson holatini tahlil qilib beradi.

Bunday texnologiya, masalan, turistlar keladigan bölsa, ularga kayfiyatiga qarab mezbonlik qilişda qöl keladi. Şu bilan birga, xavfsizlik masalasida ham foydasi katta.

«Özbekiston uçun sun'iy intellektni rivojlantirişga juda erta, biz bunga tayyor emasmiz», deyişimiz mumkin, lekin agar raqobatbardoş bölaman, bu yönalişda mutaxassisligimizni rivojlantiraman desak, albatta mazkur sohaga e'tibor berişimiz kerak.

Şu sababli oxirgi ikki yil davomida tahlillar qildik va uşbu yönalişdagi asosiy muammolarimizni örgandik.