Strategiyaning maqsadi – sun'iy intellekt sohasida milliy ilmiy tadqiqot va rivojlantiriş faoliyatlarini tizimli tarzda yölga qöyiş hamda ta'limni samarali isloh etişdan iborat.
Özbekistonda sun'iy intellektni 3 bosqiçda rivojlantiriş rejalaştirilmoqda.
1-bosqiç. 2021–2022 yillar – sun'iy intellektni rivojlantirişning fundamental asoslarini rivojlantiriş va maqsadli tizimlaştiriş: Sun'iy intellektni rivojlantirişning asosiy ustuvor yönalişlarida ilmiy tadqiqot va rivojlantiriş faoliyatlarini tizimli tarzda taşkil etiş, SI sohasida ta'lim tizimini samarali isloh etiş hamda ilmiy tadqiqot va ta'limda xalqaro hamkorliklarni jadallaştiriş. Şuningdek, işlab çiqarişda raqamli iqtisodiyotni qöllab-quvvatlaş va tadbirkorlarning innovatsion faolligini oşiriş.
2-bosqiç. 2023–2025 yillar – sun'iy intellekt sohasida kadrlar malakasi va intellektual salohiyatini halqaro raqobat maydonida sifat jihatidan oşiriş va nufuzini kötariş: Ustuvor yönalişlarda yangi ilmiy-tadqiqot va rivojlantiriş markazlarini taşkil etiş. Biznes – ilm-fan – davlat integratsiya tizimini mustahkamlaş orqali iqtisodiyot tarmoqlari muammolariga SI yordamida ratsional yeçimlar töplamini taklif etiş. Şuningdek, milliy iqtisodiyotda sun'iy intellekt asosidagi yuqori texnologiyalarga asoslangan milliy işlanmalar eksport uluşini oşiriş. Milliy iqtisodiyot tarmoqlarida sun'iy intellekt texnologiyalari asosida yaratilgan raqamli işlab çiqariş mahsulotlaridan keng foydalaniş hamda jahon bozorida raqobatbardoş milliy brendlarga ega böliş.
3-bosqiç. 2026–2030 yillar – Özbekistonda yuqori rivojlangan axborotlaşgan jamiyatni şakllantiriş: Davlat boşqaruvining şaffof va samaradorligini oşiriş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini milliy qadriyatlar va umuminsoniy tamoyillar asosida töliq kafolatlaydigan öziga xos bölgan axborotlaşgan jamiyatni şakllantiriş, şakllangan ma'lumotlar töplamidan yuqori qiymatga ega bölgan mahsulotlarni yaratiş, hamda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirişning ustuvor tarmoqlarida Markaziy Osiyo davlatlarida yetakçi va Osiyo davlatlari bilan raqobatlaşadigan innovatsion xabga aylantiriş.
Quyidagilar 2021-2022 yillarda sun'iy intellektni rivojlantirişning asosiy ustuvor yönalişlari etib belgilanadi:
- Normativ-huquqiy va ahloqiy munosabatlarda fundamental asoslarni tartibga soliş;
- Axborotlaşgan jamiyatni bosqiçma-bosqiç şakllantiş;
- Kadrlar tayyorlaşda ta'lim islohotlari va ilmiy tadqiqot faoliyatlarini qöllab-quvvatlaş;

















