Jahon | 19:49 / 09.11.2020
10043
2 daqiqa o‘qiladi

Nobel mukofoti laureati boshlagan urushda yuzlab kishilar halok bo‘ldi

Harbiy mulozimning ma'lumot berishicha, mahalliy tigray xalqining 500ga yaqin harbiylari to‘qnashuv qurbonlariga aylangan. Boshqa manbalarning aytishlaricha, Efiopiya armiyasi ham yuzlab askarlaridan ayrilgan.

Foto: Francisco Seco /AP

Efiopiya federal qo‘shinlarining Tigray xalq ozodlik fronti (TXOF) kuchlariga hujum qilishi natijasida bir necha yuz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Reuters xabar berdi.

Harbiy mulozimning ma'lumot berishicha, mahalliy tigray xalqining 500ga yaqin harbiylari to‘qnashuv qurbonlariga aylangan. Boshqa manbalarning aytishlaricha, Efiopiya armiyasi ham yuzlab askarlaridan ayrilgan.

Nizo 3 noyabr kuni harbiy to‘qnashuvga aylandi — 2019 yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureati, Efiopiya bosh vaziri Abiy Ahmad Ali urush e'lon qildi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, TXOF qurolli guruhi a'zolari hukumat kuchlaridagi harbiylarga nisbatan ko‘proq. Efiopiya hukumati mahalliy jangarilarni qurolsizlantirish, konstitutsion tartibni tiklash va aybdorlarni sudga tortishga harakat qilmoqda. 

Tigray xalq ozodlik fronti uzoq yillar davomida isyonchilar harakati sifatida faoliyat yuritgan, keyinroq siyosiy partiyaga aylangan. 2020 yil sentyabrda Tigray ma'muriyati markaziy hukumat ruxsatisiz mahalliy saylovlar o‘tkazdi.

Abiy Ahmad Ali 2019 yilda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini olgan. U «tinchlik va xalqaro hamkorlikka erishish bo‘yicha sa'y-harakatlari, xususan, Eritreya bilan chegaradagi nizoni bartaraf qilishda ko‘rsatgan qat'iy tashabbusi» uchun ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan.

Mavzuga oid