Ozarboyjon Armanistonni Tog‘li Qorabog‘dagi vayronkorliklar uchun sudga bermoqchi
Ozarboyjon prezidentining yordamchisi Hikmat Gajiyev Armanistonni «ekologik terror»da aybladi.
Ozarboyjon Armanistondan Tog‘li Qorabog‘ infratuzilmasi va ozarboyjonliklarning mulklariga yetkazilgan zararni sud orqali undiradi. Bu haqda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev BBC News’ga bergan intervyusida aytdi.
«Biz ekologiyamiz, infratuzilmamiz, uylaridan ajralgan fuqarolarimiz, davlatimiz va tarixiy merosimizga yetkazilgan zararni baholash uchun xalqaro ekspertlarni taklif qilamiz. Undan keyin esa albatta, sud jarayonlari, arman davlatiga qarshi da'volar bo‘ladi va bunga tayyorlanmoqdamiz», — dedi Aliyev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Ozarboyjon Qorabog‘ hududidagi vayron qilingan infratuzilmani qayta tiklaydi.
Ozarboyjon prezidentining yordamchisi Hikmat Gajiyev ham o‘zining Twitter akkauntida Tog‘li Qorabog‘ hududidagi qadimiy o‘rmonlar va jonivorlar yo‘q qilinganligini qayd etib, Armanistonni «ekologik terror»da aybladi.
8 noyabr kuni tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi ta'lim, fan va madaniyat vaziri Lusine Karaxanyan urush davomida 70dan ortiq maktab va 10ta bolalar bog‘chasi vayron bo‘lganligini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
00:59 / 21.11.2024
Ozarboyjon 2025 yilgi mudofaa xarajatlarini oshiradi
14:26 / 13.11.2024
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
17:29 / 12.11.2024
Mirziyoyev BMT miqyosida Daryo ekotizimlarining butunligi deklaratsiyasini tuzishga chaqirdi
23:45 / 11.11.2024