Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pashinyan Bayden Qorabog‘dagi urushni to‘xtatishda yordam berishiga umid bildirdi
Foto: Armaniston respublikasi bosh vazirining veb-sayti
Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Jo Baydenga AQSh prezident saylovlaridagi g‘alabasi munosabati bilan tabriknoma yo‘lladi. Pashinyan tabriknomada Bayden Tog‘li Qorabog‘dagi ixtilofni hal qilishda faol ishtirok etishiga umid bildirdi.
“Prezident lavozimiga nomzod bo‘lganingizda ixtilofni faqat tinch yo‘l bilan hal qilish kerakligi borasida bildirgan fikrlaringizni qo‘llab-quvvatlayman. Umid qilaman, sizning ma'muriyat urushni to‘xtatish va ixtilofni Arsax (Tog‘li Qorabog‘) xalqi xavfsizligini ta'minlaydigan kafolatlar asosida hal qilishga erishishda faol qadamlar amalga oshiradi”, – deb aytilgan Pashinyan tabriknomasida.
Shuningdek, Armaniston Bosh vaziri Ozarboyjon va Turkiyani jangovar to‘qnashuvlarda yollanma jangarilardan foydalanishda yana bir bor ayblagan.
AQSh prezidenti saylovlariga hali rasman yakun yasalmagan bo‘lsa-da, AQShning bir qator yetakchi ommaviy axborot vositalari saylovlarda Jo Bayden g‘alaba qozonganini e'lon qildi. Bayden saylov kampaniyasi davomida Vashington Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasidagi ixtilofga Turkiyaning aralashishiga yo‘l qo‘ymasligi kerakligini aytgan.
Mavzuga oid
18:47 / 17.02.2026
Tog‘li Qorabog‘ning sobiq davlat vaziri Ruben Vardanyan 20 yilga qamaldi
14:59 / 10.02.2026
AQSh Armanistonga Rossiyaga energetik qaramlikdan qutulish uchun 9 mlrd dollar ajratadi
08:36 / 10.02.2026
AQSh va Armaniston tinch atom bo‘yicha hamkorlikni boshladi
22:04 / 05.02.2026