Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonning bir qator viloyatlarida sezildi
Tojikistonda 10 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:37da zilzila qayd etildi. Bu haqda O‘zbekiston FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Tojikistonda 10 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:37da zilzila qayd etildi. Bu haqda O‘zbekiston FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Ma'lum qilinishicha, zilzila 38,8 daraja shimoliy kenglik, 70,52 daraja sharqiy uzunlikda qayd etilgan. Yer silkinishi magnitudasi 5,2 ballni tashkil qilgan bo‘lib, 183 kilometr chuqurlikda kuzatilgan. Zilzila epimarkazidan Toshkentgacha bo‘lgan masofa janubi-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha 296 kilometrni tashkil qilgan.
Yer silkinishi O‘zbekistonning quyidagi hududlarida sezilgan:
Toshkent: 296 kilometr, 2 ball
Namangan: 263 kilometr, 2 ball
Andijon: 270 kilometr, 2 ball
Farg‘ona: 207 kilometr, 2 ball
Guliston: 24 kilometr, 2 ball
Jizzax: 272 kilometr, 2 ball
Samarqand: 321 kilometr, 2 ball
Termiz: 334 kilometr, 2 ball.
6 noyabr kuni ham Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Farg‘ona vodiysida sezilgani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
14:40 / 21.01.2026
Jamshid Xo‘jayev Tojikiston qo‘yayotgan savdo cheklovlariga javob choralarini istisno qilmadi
18:36 / 12.01.2026
Tojikistonda 2026 yilgi Haj ziyorati narxi arzonladi
19:00 / 11.01.2026
Tojikistonga noqonuniy olib ketilayotgan 1 mlrd so‘mlik dori vositalari to‘xtatib qolindi
09:33 / 09.01.2026