16:48 / 11.11.2020
11291

Yerevan markazida to‘qnashuvlar boshlandi

Namoyishchilar Tog‘li Qorabog‘dagi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini tanqid qilib, Pashinyanning iste'fosini talab qilishmoqda.

Dmitriy Lovetskiy / AP / Scanpix / LETA

Yerevan markazidagi Respublika maydonida Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste'fosini talab qilib chiqqan namoyishchilar va politsiyachilar o‘rtasida to‘nashuvlar boshlandi.

Namoyishchilar Tog‘li Qorabog‘dagi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini tanqid qilib, Pashinyanning iste'foga chiqishini talab qilishmoqda. Avvalroq Armanistondagi 17ta siyosiy partiya uning iste'fosini talab qilib miting chaqirgandi.

10 noyabrga o‘tar kechasi Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tog‘li Qorabog‘dagi barcha jangovar harakatlarni to‘liq to‘xtatish haqida uch tomonlama bayonot qabul qildi.

 Ushbu bayonotga ko‘ra, Ozarboyjon va Armaniston tomonlari hozirda egallab turgan joylarida qoladi. Tog‘li Qorabog‘dagi tutashuv chizig‘i va hududni Armaniston bilan bog‘lovchi yo‘lak bo‘ylab Rossiyaning tinchlikparvar kuchlari joylashtiriladi. 

Mavzu
Qorabog‘ urushi
12 iyul kuni Ozarboyjon shimoli-g‘arbidagi Tovuz viloyati hududida ikki davlat qo‘shinlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top