“Roodell” MÇJ faoliyatida reklama qonunçiligi talablariga rioya etilmaslik holati aniqlandi, deya xabar bermoqda Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi.
Ma’lum qilinişiça, ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida joylaştirilgan reklamalarda “Kia Sonet avtomaşinasi muddatli tölov uçun 0 foiz” degan mazmundagi ma’lumotlar tarqatilgan. Biroq mazkur reklama axborotida “Reklama töğrisida”gi qonunning 43-moddasi talablariga zid ravişda şartnomaning muhim şartlari, jumladan, qöşimça tölovlar haqida aniq ma’lumot berilmagan.
“Buning natijasida iste’molçilarda çalğituvçi tasavvur şakllangan va haqiqatga töğri kelmaydigan ma’lumotlar asosida qaror qabul qiliş ehtimoli vujudga kelgan.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan Qömita maxsus komissiyasi tomonidan “Roodell” MÇJga nisbatan “Reklama töğrisida”gi qonunning tegişli moddalari talablari buzilişi yuzasidan iş qözğatilib, işni körib çiqiş yakunlari böyiça moliyaviy jarima qöllaş yuzasidan qaror qabul qilindi”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Qömitaning qöşimça qilişiça, qonunbuziliş holatini bartaraf etiş va kelgusida yöl qöymaslik yuzasidan körsatma berilgan.
Raqobat qömitasi barça xöjalik yurituvçi sub’yektlarni amaldagi qonunçilikka rioya qiliş, reklamalarda aniq, oşkora va xolis ma’lumotlar taqdim etişga çaqirdi.
Ma’lumot uçun, "Reklama töğrisida"gi qonunning 43-moddasida moliyaviy xizmatlar reklamasi reklamadan foydalanuvçining işonçini suiiste’mol qilmaydigan va (yoki) reklamadan foydalanuvçining tajribasi va bilimi yetişmasligidan foydalaniş niyatini közlamaydigan usulda taqdim etilişi kerak.
Şuningdek, moliyaviy xizmatlar reklamasi reklama qilinayotgan xizmatlarga bevosita aloqador bölmagan axborotga ega bölmasligi, uşbu moliyaviy xizmatlar körsatiş uçun şartnomalarning muhim şartlarini oçib berişi kerak.
Avvalroq, Raqobat qömitasi tört nafar instablogerga onlayn qimor öyinlarini reklama qilgani uçun çora körilgani haqida xabar bergandi

















