«O‘rtacha to‘lov – oyiga 12 dollar». Moskvadagi o‘zbek talabalari yashayotgan yotoqxona hayotidan bir lavha
Talabalik – oltin davr. Qiyinchiliklari, quvonch-u tashvishlari ham o‘ziga xos. Ayniqsa uzoq viloyatlardan poytaxtga kelib yoki chet mamlakatlarga borib o‘qishni davom ettirishning o‘z gashti bor.
Studentlik davrida talabalar turar-joyi alohida o‘rin tutadi. Undagi hayot, qiziqarli voqealar talaba hayotining ajralmas qismi. Yotoqxonada yashagan studentlarning talabalik davriga oid bir umrlik xotiralari shu yotoqxona bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi bejiz emas.
Viloyatlar markazidagi va Toshkentdagi talabalarning TTJdagi hayotidan ozmi-ko‘pmi xabardormiz. Ammo chet davlatda o‘qiyotgan talabalar yotoqxonasidagi sharoitlar ko‘pchilikni qiziqtirsa kerak. Shundan kelib chiqib, Rossiyaga safarimiz davomida Moskvadagi Oliy iqtisodiyot maktabida ta'lim olayotgan o‘zbek talabalari bilan ular yashayotgan TTJda davra suhbati tashkil qildik.
Oliy iqtisodiyot maktabi yotoqxonalari shaharning bir nechta nuqtalarida joylashgan. Biz borgan Tsimlyanskaya ko‘chasidagi yotoqxona o‘rtacha narxdagi, 9-sonli talabalar turar joyi edi.
Yotoqxonada turli davlatlardan kelgan talabalar istiqomat qilishadi. VEShning magistratura bosqichi talabasi Umid Ergashev bizni yotoqxonadagi sharoitlar va narx-navo bilan birma-bir tanishtirib chiqdi.
Xonalar ikki kishi uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, oshxona, dazmol xonasi, kiyimlarni quritadigan xona va kutubxona ham bor. Talabalar uchun bepul WiFi o‘rnatilgan.
Ushbu 9-sonli talabalar turar-joyi o‘rtacha sharoitli yotoqxona hisoblanib, har oy uchun to‘lov miqdori bir talabaga 718 rublni tashkil qiladi. Bu – 11-12 dollar degani.
Umuman olganda, talabalar bu yerdagi sharoitlardan mamnun. Birinchidan, yashash uchun kerakli barcha narsa bor. Ikkinchidan esa, Moskvada turar-joyga to‘lanadigan narx-navoga nisbatan ancha arzon.
Moskvadagi o‘zbek talabalari bilan uchrashuvimizga oid birinchi videodan maqsad ularning yashash sharoitlari bilan tanishtirishdan iborat. Keyingi maqola talabalar bilan kechgan suhbatimiz haqida bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bolgariya prezidenti 9 iyun kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi
Jahon | 16:35
-
Kolumbiyada saylovoldi mitingida chiqish qilayotgan senatorga suiqasd uyushtirildi - video
Jahon | 16:02
-
Tramp Los-Anjyelesga Milliy gvardiya askarlarini yubormoqda
Jahon | 15:59
-
O‘zbekistonda dorilar Qozog‘istonga qaraganda qimmat – farmatsevtika bozoriga qanday omillar ta’sir qilyapti?
O‘zbekiston | 15:50
Mavzuga oid

11:47 / 03.06.2025
Moskvada patenti bor shaxs Moskva viloyatida ishlashi mumkin bo‘ladi

11:21 / 29.05.2025
Ukraina droni Moskvadagi ko‘p qavatli turar joy binosiga borib urildi

08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi

20:35 / 27.05.2025