Inson butun axborotning 80 foizini köriş orqali olişi allaqaçon isbotini topgan. Bahosi yöq bu a'zomizning ahamiyatini his qiliş juda oson – közingizni bir daqiqaga yuming va biror işni bajarişga urinib köring.
Ammo sönggi yillar statistikasi juda qörqinçli – odamzot gadjetlar ummoniga borgan sari köproq şönğimoqda va buning uçun közlarini qurbon qilişda davom etmoqda.
Tibbiyotda etalon hisoblanuvçi nemis klinikalarining sönggi tadqiqotlariga e'tibor bering. Mamlakatdagi 50 mln nafardan ortiq aholi smartfon va gadjetlarga tikilişni odat qilib bölgan. Ayniqsa 14-29 yoş oraliğidagi yoşlar har kuni (!) kamida 274 minutlarini monitorga tikilib ötkazmoqdalar. Bu 2015 yildagiga nisbatan 26 minut köp degani. Arzimas farq tuyulişi mumkin, ammo bu bir hafta, oy yoki yilga köpaytirilsa, qança muddatga aylanişini biliş qiyin emas va bu vaqtning hammasi közga bevosita zöriqiş beradi.
Aynan mana şu sönggi uç yil içida Germaniyada közoynak taquvçilar soni 1 mln kişiga oşgan.
Muammo nimada?
Aslini olganda, monitorga tikilib nimadir öqiş yoki işlaşning jiddiy zararli tomoni yöq. Biroq me'yorni unutiş albatta muammo tuğdiradi.
Odam közi şunday tabiatga egaki, hamişa nigoh nuqtasini özgartirib turiş zarur. Goh yaqin, goh uzoqqa, turli tasvirlarga tikiliş közni maşq qildirib turadi. Gadjetlarga muntazam bir xil masofadan tikilib turiş esa albatta köriş qobiliyatiga salbiy ta'sir qiladi. Köz olmasi yaqin turgan telefonni qamrab oliş uçun zöriqib işlaydi.
Raqamlar telefon zarariga
Bir vaqtlar gazeta yoki kitobni köp öqiş ham közga zararli hisoblangan. Lekin bugungi kun muammolari oldida u hadiklar öyinçoq bölib qoldi. Inson gazeta öqiganida odatda gazetani 40 sm masofada uşlaydi. Kompyuterda işlaganidan esa 60-70 sm masofa saqlaydi. Telefonda esa bu raqam 20-30 santimetrga tuşadi va xavfli tus oladi.
Sönggi 20 yil statistikasi şuni körsatmoqdaki, Yevropaning aksariyat davlatlari orasida bolalar şabkörligi bir yarim barobar ortgan.
Közni qanday asraş lozim?








