Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi rahbarlari iştirokida obligatsiyalar bozorini tartibga solişni takomillaştiriş masalalariga bağişlangan matbuot anjumani ötkazildi. Unda söz olgan Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi direktorining birinçi örinbosari Tursunboy Mahkamov sukuk qimmatli qoğozlarining afzalliklari yoki kamçiliklari, bozorga ijobiy yoki salbiy ta'siri qanday bölişi mumkinligi haqida gapirib, Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Taraqqiyot dasturi tomonidan ötkazilgan tadqiqot natijalari böyiça ma'lumotlarni keltirdi. Tadqiqot natijalari böyiça hisobot 25 noyabr kuni ommaviy ravişda yoritiladi.

«Qilingan tadqiqot böyiça, Özbekistonda 27 foiz aholi yoki tadbirkorlar bank foizidan qoçadi. Demak, yo depozitga qöymaydi, yo kredit olmaydi. Mana şu 27 foiz aholi uçun biz tatbiq qilayotgan instrumentimiz - sukuk qimmatli qoğozlari juda ma'qul kelişi kerak.

Yana bir afzal tomoni sukuk qimmatli qoğozlarining majburiy şarti bor – pulni jalb qilayotganingizda qayerga yönaltirişingizni albatta aytişingiz kerak. Bu degani maqsadli yönaltiriladi. Qimmatli qoğozlarni olayotgan paytingizda, korporativ obligatsiyalarda bu doimiy holat emas. Lekin sukukda bu majburiy holat. Pulingiz qaysi şartlarda, qaysi holatda, qaysi maqsadda işlatilişini albatta bilişingiz kerak.

Buning yana bir ijobiy tomoni – investor sifatida sukuk qimmatli qoğozlari böyiça öz tavakkalçilik darajangizni ölçamoqçi bölsangiz, uni ölçaş va tavakkalçilik darajasini kamaytiriş uçun ança ma'qul böladi», deya Tursunboy Mahkamovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi direktorining birinçi örinbosari sukukning kamçiligi haqida ham gapirdi.

«Emitent tomonidan qaraganda aytişimiz mumkinki, emitent uçun taşkiliy jihatidan sal qiyinroq instrument. Uni çiqarayotgan alohida korxona oçiş kerak böladi. Strukturani qiliş uçun sarflanadigan xarajat yoki vaqt jihatidan korporativ obligatsiyaga nisbatan minus tomoni bölişi mumkin», dedi Mahkamov.