Tuman va shaharlardagi ma'muriy sudlar o‘rnida tumanlararo ma'muriy sudlar tashkil etiladi
Qonunchilik palatasi yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasi birinchi qismiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birdaniga ikki o‘qishda qabul qilinib, Senatga yuborish to‘g‘risidagi qaror loyihasi qabul qilindi.
Kun.uz muxbiri xabar berishicha, mazkur qonun loyihasi bilan fuqarolarning sudlar orasidagi sarsongarchiliklarining oldini olish maqsadida sudlar faoliyatiga bir qator o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Jumladan, 2021 yil 1 yanvardan boshlab:
- Viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar va iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning qat'iy ixtisoslashuvini saqlab qolgan va sud ishlarini yuritish turlari bo‘yicha alohida sudlov hay'atlarini tashkil etgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlarini tashkil etish;
- Ma'muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko‘rishga ixtisoslashtirilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo ma'muriy sudlarini tashkil etish, shu munosabat bilan tuman (shahar) ma'muriy sudlarini tugatish. Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlari saqlab qolinishi nazarda tutilgan.
Qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasi birinchi qismini quyidagi tahrirda bayon etish taklif etilmoqda: «O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari buyicha tuman (shahar) sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari va tumanlararo ma'muriy sudlaridan iborat».
Loyihani ishlab chiqish jarayonida Rossiya Federatsiyasi, Ozarboyjon Respublikasi, Gruziya, Germaniya, AQSh, Fransiya, Vengriya, Chexiya, Litva, Latviya, Ukraina, Qozog‘iston, Belarus, Qirg‘iziston kabi davlatlarning sud tizimi, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tarkibi bo‘yicha tajribalari o‘rganib chiqilgan.
Qonun loyihasining amaliyotga joriy etilishi natijasida fuqarolarning sudma-sud sarson bo‘lib yurishiga barham berilib, ularning muammolari bir joyda hal etilishiga erishiladi. Sud tizimini boshqarish masalalari takomillashtirilib, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarni tashkiliy, moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan ta'minlash yanada yaxshilanadi.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ko‘p qavatli "dom"larda hisoblagich o‘rnatmasdan gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
Jamiyat | 08:41
-
Ilon Mask davlat ishidan ketishini e’lon qildi
Jahon | 08:20
-
Rossiya va Qozog‘istondan noqonuniy olib kelingan 5,3 mlrd so‘mlik dorilar to‘xtatib qolindi
Jamiyat | 08:17
-
«Chelsi» «Betis»ga qarshi o‘yinda kambek qilib, Konferensiyalar Ligasi g‘olibiga aylandi
Sport | 02:11
Mavzuga oid

19:22 / 20.05.2025
Huquqiy eksperiment tariqasida Apellyatsiya kengashi tashkil etiladi

08:16 / 01.02.2022
Ma’muriy sudlar qarorlarini ijro etmaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

07:34 / 26.10.2021
Ma'muriy sudlarga o‘z tashabbusi bilan dalil yig‘ish majburiyati yuklanadi

14:47 / 19.12.2020