Ma'muriy sudlarning birinçi navbatdagi vazifasi fuqarolarning ma'muriy organlar bilan munosabatlarida qonun ustuvorligini ta'minlaş bilan bir qatorda, fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qiliş hisoblanişi eslatib ötilgan.
Oliy sud, Sudyalar oliy kengaşi va Adliya vazirligining qonun hujjatlariga mansabdor şaxslarning qarorlari ustidan berilgan şikoyatlarni körib çiqişda ma'muriy sudlarning örni va rolini kuçaytiriş hamda ularni fuqarolarning haqiqiy himoyaçisiga aylantiriş böyiça quyidagi tartiblarni kiritiş haqidagi takliflari ma'qullanadi:
ma'muriy sud işlarini yuritişni “sudning faol iştiroki” prinsipi asosida amalga oşiriş. Bunda ma'muriy sudlarga işning haqiqiy holatlarini aniqlaş uçun öz taşabbusi bilan dalillarni yiğiş, huquqi buzilgan fuqarolar va yuridik şaxslarga esa dalillarni yiğişda faqat öz imkoniyati doirasida iştirok etiş majburiyatini yuklaş;
huquqi buzilgan fuqarolar va yuridik şaxslarga ommaviy-huquqiy munosabatdan kelib çiqadigan nizo bilan birga unga sababiy boğlanişi bölgan zararni undiriş talabini ma'muriy sudga bildiriş huquqini taqdim etiş hamda bunday talablarni körib çiqişni ma'muriy sudlar vakolatiga ötkaziş;
ma'muriy sudlarning ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib çiqadigan iş böyiça hal qiluv qarorlari ma'muriy organlar, fuqarolar özini özi boşqariş organlari va ular mansabdor şaxslari tomonidan ijro qilinmagan taqdirda, ularga nisbatan sud jarimalarini qöllaş;
ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib çiqadigan işlar böyiça taraflar örtasida yaraşuvga erişiş mexanizmlarini keng joriy qiliş.

















