Kun.uz uşbu holatni örganiş maqsadida Dehqonobod tumanida böldi.

Ma'lumot örnida aytiş lozim, 2007 yil 17 dekabrdagi prezident qarorida «ZUMK-Injiniring» (Rossiya) kompaniyasi bilan loyihalaştiriş, quriş, asbob-uskunalar yetkazib beriş va işga tuşiriş-sozlaş işlari yuzasidan belgilangan tartibda şartnomalar tuzilgan hamda röyxatga olingani qayd etilgan. Natijada, Dehqonobod kaliyli öğitlar zavodining quriliş-montaj işlariga Rossiya va Özbekistondan mutaxassis va işçilar şartnoma asosida qabul qilingan.

Oçiği, Dehqonobod tumani geografik joylaşuvi, u yerdagi odamlarning oğir turmuş tarzi haqida ozgina tasavvurga ega bölgan odam uşbu qarorni qöllab-quvvatlaydi. Çunki mazkur tuman aholisining köpçiligi faqat çorvaçilik bilan kun keçiradi. Ta'lim va tibbiyot sohasini hisobga olmaganda, köpçilik oilalarda doimiy iş topiş muammo. Şunday ekan, tumanda katta bir zavodning paydo bölayotgani va uning nafaqat quriliş jarayonida iştirok etiş, balki foydalanişga topşirilgandan söng ham işlaş mumkin, degan xayol köpçilikka ma'qul böladi.

Bizga murojaat qilganlarning barçasi şu xayolda bölgan. Afsuski, ular yetti-sakkiz yildan buyon iş haqini ololmay sarson.

Masalan, Raşid Bernazov 2009 yilda Dehqonobod kaliy zavodi şaxtasida haydovçi sifatida iş boşlaganini ma'lum qildi. Uning aytişiça, dastlabki yillarda iş haqlari öz vaqtida berilgan, hammasi ular kutganidek bölgan. 2013 yilga kelib, maoş ikki-uç oyda tarqatilgan, işçilardan qarzdorlik ortib boravergan. Şundan söng ular işni töxtatişga majbur bölgan va zavod rahbariyatidan Rossiya kompaniyasidan maoşlarini olib berişni talab qilişgan. «Zavodning öşa vaqtdagi rahbari Hamidulla Şermatov bizdan işni töxtatmaslikni söradi va maoşimizni özi berişini aytdi. Kerak bölsa, zavod qurilib bitgaç, sizlarni işga olaman dedi. Şundan keyin yana bir yil davomida oyliksiz işladim. Ayni vaqtda birgina özimning ololmagan oyligim 15 million sömni taşkil qilmoqda», – deydi Raşid Bernazov.