Jahon | 22:26 / 02.12.2020
7523
2 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko NATOni Belarus yerlarini bosib olishni rejalashtirayotganlikda aybladi

NATOda Belarusning g‘arbiy yerlarini bosib olish uchun harbiy guruh tashkil etilmoqda. Bunday bayonot bilan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining Kollektiv xavfsizlik kengashi sessiyasida chiqdi.

Foto: president.gov.by

Lukashenko Belarusning g‘arbiy chegalarida AQSh va NATO qo‘shinlari soni oshirilayotganidan jiddiy xavotir bildirgan.

“Masala “Belarus yerlarining tarixan Polshaga tegishli ekani”da. Bu haqida ochiqchasiga aytilmoqda. Men prezident sifatida va belaruslar bunga qo‘shilardikmi? Aytishlaricha, hozir biz yashayotgan u yerlar bizga tegishli emas ekan. Kimga tegishli ekani aniq. Ular shu yo‘nalishda harakat qilishmoqda”, deb ta'kidlab o‘tgan Lukashenko.

Belarus rahbarining ta'kidlashicha, Minsk Polsha va Boltiq davlatlari hududlarida harbiy ko‘rinishdagi tadbirlar soni oshayotganini ko‘rmoqda. U Varshava o‘z hududida AQShning qo‘shimcha qo‘shinlarini joylashtirishni va yangi harbiy infratuzilma obektlarini yaratishni rejalashtirayotganini aytgan.

Lukashenkoning ta'kidlashicha, hozirda dunyodagi xalqaro tartib boshqariluvchi xaos tomon ketmoqda. 

Avvalroq, 27 noyabrda Lukashenko Belarus xizmatlari ma'lumotlariga tayanib, Polsha Belarus rahbariyatiga qarshi kurashish uchun NATOni Boltiq davlatlari armiyasi tarkibida maxsus xavfsizlik kuchlarini ta'sis etishga chaqirganini ma'lum qilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid