Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldova parlamenti prezidentning vakolatini chekladi
Sotsialist deputatlar tomonidan tayyorlangan qonun loyihasi tasdiqlanishidan bir kun avval - 1 dekabr kuni tayyorlangan, o‘ng partiyalar va saylangan prezident Mayya Sanduning keskin tanqidiga uchragandi.
Moldova parlamenti Axborot va xavfsizlik xizmatini parlament bo‘ysunuviga o‘tkazib, prezidentning vakolatini chekladi. Ushbu qaror ikki o‘qishda, hech qanday muhokamalarsiz qabul qilindi.
Qaror qabul qilinishi uchun sotsialistlar partiyasi va "Shor" partiyasi fraksiyalari ovoz berdi. Muxolifat ovoz berishda qatnashmadi.
Qabul qilingan qonunga ko‘ra, xizmat direktori va uning ikki nafar o‘rinbosarini parlament tayinlaydi.
Sotsialist deputatlar tomonidan tayyorlangan qonun loyihasi tasdiqlanishidan bir kun avval - 1 dekabr kuni tayyorlangan, o‘ng partiyalar va saylangan prezident Mayya Sanduning keskin tanqidiga uchragandi.
2016 yilda, Igor Dodon prezident etib tayinlanganida ham parlament Axborot va xavfsizlik xizmatini o‘z bo‘ysunuviga o‘tkazgandi. 2019 yil yozda sotsialistlar koalitsiyasi va Sandu bloki ovoz berishi natijasida xizmat prezident nazorati ostiga qaytarilgandi, ammo yana parlament ixtiyoriga o‘tkazildi.
Mavzuga oid
09:45 / 16.06.2026
Ukraina va Moldova YeI a’zoligi sari yana bir qadam tashladi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
13:41 / 18.03.2026
Moldovada Ukraina chegarasi yaqinida qulagan dron topildi
13:33 / 12.03.2026