Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston muxolifati Pashinyanga ultimatum qo‘ydi
Muxolifat Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bayonotni Armanistonning taslim bo‘lishi deb hisoblamoqda.
Foto: Kommersant'
Yerevan markazida miting va yurish o‘tkazgan Armaniston siyosiy muxolifati kuchlari bosh vazir Nikol Pashinyandan iste'foga chiqishni ultimatum tarzida talab qildi.
"Biz Pashinyan seshanba kuni (8 dekabr) soat 12:00gacha iste'foga chiqishini talab qilamiz. Agar u ketmasa, butun mamlakat bo‘ylab norozilik aksiyalarini boshlaymiz", - deb e'lon qildi "Dashnaksutyun" partiyasi vakili Ishxan Sagatelyan.
Avvalroq Yerevandagi Ozodlik maydonida muxolifat tarafdorlari Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste'fosini talab qilib ko‘pming kishilik mitingga chiqishdi.
«Bugun yangi shiorni e'lon qilamiz: "Armaniston xoin Nikolasiz"», — dedi mamlakat muxolif partiyasi vakili Gegam Manukyan.
10 noyabrda Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bayonot imzolanganidan buyon Armanistonda Pashinyanning iste'fosi talab qilingan miting va namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Bayonot shartlariga muvofiq, Qorabog‘ hududining katta qismi Boku nazoratiga o‘tdi. Muxolifat ushbu kelishuvni Armanistonning taslim bo‘lishi deb hisoblamoqda.
Mavzuga oid
20:54 / 12.01.2026
Armaniston TIV targ‘ibotchi Solovyov bayonotlari tufayli Rossiya elchisini chaqirtirdi
09:45 / 30.12.2025
Armaniston va Turkiya vizaviy tartibni qisman soddalashtirdi
19:09 / 16.12.2025
Erdo‘g‘an Armaniston bilan munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha ramziy qadamlarni e’lon qildi
10:12 / 10.12.2025