Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiya Rossiyaning ikki diplomatini mamlakatdan chiqarib yuboradi
Diplomatlar "maxfiy axborot va yuqori texnologiyalar sohasiga aloqador shaxslar bilan aloqa o‘rnatgan". Bu shaxslarning ayrimlari ma'lumot berish evaziga "mukofot" olishgan.
Niderlandiya hukumati josuslikda gumonlangan rossiyalik ikki diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Niderlandiya razvedka va xavfsizlik umumiy xizmati (AIVD) ma'lum qildi.
“AIVD yaqinda Rossiya tashqi razvedka xizmati xodimining maxfiy operatsiyasini yo‘qqa chiqardi. Rossiyaning Haagadagi elchixonasida ishlagan razvedka xodimi fan va texnologiyalar sohasida josuslik faoliyatiga jalb qilingan”, — deyiladi xizmat bayonotida.
Xabarda aytilishicha, elchixonaning yana bir xodimi unga yordam bergan. Mamlakat ichki ishlar vazirligi har ikki diplomatni “persona non grata” deb e'lon qildi.
“Ularga bundan buyon Niderlandiyada diplomat sifatida ishlashga ruxsat berilmaydi, ular mamlakatni zudlik bilan tark etishlari kerak bo‘ladi”, — deyiladi razvedka xizmati bayonotida.
Aniqlik kiritilishicha, birinchi diplomat “maxfiy axborot va yuqori texnologiyalar sohasiga aloqador shaxslar bilan aloqa o‘rnatgan”. Bu shaxslarning ayrimlari ma'lumot berish evaziga “mukofot” olishgan.
Mavzuga oid
09:32
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026