Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar transport boshqarmasi poytaxt ko‘chalarida paydo bo‘lgan ko‘chma kameralarga izoh berdi
Toshkent shahar transport boshqarmasi matbuot xizmati poytaxt ko‘chalarida paydo bo‘lgan ko‘chma kameralar nima maqsadda ishlatilayotganini tushuntirdi.
Qayd etilishicha, poytaxt ko‘chalarida yo‘lovchilar va transport vositalari oqimini o‘rganishni nazarda tutuvchi "Toshkent shahri transport va yo‘l-transport infratuzilmasining bosh rejasi"ni ishlab chiqish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
“Shu munosabat bilan xodimlar tomonidan katta chorrahalarda transport vositalari hisobi yuritilmoqda hamda yo‘lovchilar soni aniqlanib borilmoqda. Buni amalga oshirish uchun ko‘chma kameralardan foydalanilmoqda.

Shuni ta'kidlash joizki, mazkur tadqiqot ishlarida foydalanilayotgan kameralar yo‘l harakati qoidalarining buzilish holatlarini aniqlashga mo‘ljallanmagan”, - deyiladi izohda.
Toshkent shahar transport boshqarmasi poytaxt ko‘chalarida o‘tkazilayotgan tadqiqot ishlari to‘g‘risida internetda tarqalgan noto‘g‘ri ma'lumotlarga ishonmaslikni so‘ragan.

Mavzuga oid
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:10 / 07.06.2026