Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda birinchi marta bolalar tug‘ma yurak nuqsonlari ochiq usulda operatsiya qilindi
Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bolalarda uchraydigan tug‘ma yurak nuqsonlarining murakkab jarrohlik amaliyoti birinchi marta muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining bolalar kardiojarrohlik bo‘limiga Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda viloyat hokimligi ko‘magi bilan joriy yilda zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar olib kelindi. Ilmiy-amaliy operatsiyalarni xalqaro andozalarga mos ravishda o‘tkazish imkonini beradigan sun'iy qon aylanish apparati o‘rnatildi.
Bu yerda dastlabki operatsiyalar akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashgan xirurgiya markazining kardiojarroh mutaxassislari tomonidan «master-klass» tarzida o‘tkazildi. Bunday mahorat darsida qatnashgan tibbiyot markazi mutaxassislari o‘zlari uchun kerakli saboq olib, malaka oshirdi.

- Bolalarda uchraydigan tug‘ma yurak nuqsonlarini ochiq usulda operatsiya qilish dunyoning rivojlangan mamlakatlarida amalga oshiriladi. Bizga yaratib berilgan keng imkoniyatlardan foydalangan holda, bunday jarrohlik amaliyotlarini ilk bor Andijonda ham o‘tkazdik. Tibbiyot markazimizda o‘tkazilgan 6ta murakkab operatsiyada klinikaning tajribali mutaxassislari bilan birgalikda bir oy Ufada o‘qib kelgan, bir oy Respublika ixtisoslashgan xirurgiya markazida o‘qib, malaka oshirgan kardiolog, reanimatolog shifokorlar va hamshiralar ishtirok etdi. Yaqin kunlarda bo‘limda yana o‘nlab bemor bolalarda shunday jarrohlik amaliyotini o‘tkazish hamda yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatish rejalashtirilgan, - deydi tibbiyot markazi bosh shifokori Salohiddin Yusupov.

Besh nafar bemorda sun'iy qon aylantirish uskunasi yordamida to‘xtatilgan yurakda ochiq jarrohlik amaliyoti bajarildi. Bo‘lmachalararo va qorinchalararo bo‘lgan ikki turdagi yurak porogi operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tdi.
Endilikda, tibbiyot markazining kardiolog shifokorlari tug‘ma yurak nuqsonlari bilan bog‘liq operatsiyalarni bemalol o‘tkaza oladi. Buning uchun ularda kerakli malaka ham, yetarli darajada shart-sharoit va imkoniyat ham bor.
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026