Toshkentda Xitoyda ishlab chiqarilgan elektrobuslar sinovdan o‘tkazilmoqda
Kelgusida ekologik jihatdan bezarar yonilg‘i turiga o‘tish maqsadida «Toshshahartransxizmat» AJ tomonidan bir nechta davlatlarning elektrobuslari poytaxtda sinovdan o‘tkazilmoqda.
20 noyabrdan e'tiboran Yunusobod 6-dahasi va Beshyog‘och dahasini bog‘lovchi 51-sonli yo‘nalishda ana shunday 2 ta elektrobus qatnamoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.

Elektrobuslarning har ikkalasi ham Xitoyning 2ta alohida kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, hozirgi kunda sinov-tajriba tariqasida yo‘lovchilarga xizmat qilyapti.
«Zhong Tong Dus» kompaniyasida ishlab chiqarilgan elektrobus 2 soat davomida quvvatlanadi va shu quvvat bilan 250 km masofa yuradi. 110 nafargacha yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan.
«BYD» kompaniyasi ishlab chiqargan elektrobus esa 4 soat quvvatlanadi va shu quvvat bilan 200 km masofani bosib o‘tadi. Jami 76 nafargacha yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Uzunligi – 12 metr.
Elektrobuslarning isitish va sovitish tizimlari salon ichidagi haroratni avtomatik nazorat qiladi.
Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun elektrobus kuzovi pastlaydi va panduslar ochiladi. Salonda ular uchun maxsus o‘rinlar ajratilgan.
Elektrobuslar asosiy quvvatlash qismi ishlamagan holatlarda qo‘shimcha quvvatlash qismiga ega. Har ikkala elektrobuslarda kameralar o‘rnatilgan: old, orqa, tom qismi va salon 360 gradusda nazorat qilinadi.
Favqulodda avariyaviy holatlar yuz berganda elektrobuslarda ogohlantirish tizimi ishga tushadi. Bundan tashqari, yon atrofdagi avtotransportlar bilan oraliq masofa saqlanmaganda, yo‘l chizig‘ini bosganda haydovchiga ogohlantirish beriladi.
Ma'lumot uchun, atrof-muhitni muhofaza qilishning 10 yillik Konsepsiyasiga muvofiq, O‘zbekiston ijtimoiy transportining kamida 50 foizi zararli moddalarni havoga chiqarishni kamaytirish uchun muqobil yonilg‘i turlariga o‘tishi kerak.
Ayni paytda bunday elektrobuslar O‘zbekistonning issiq iqlimida harakatlanish imkoniyatlari, ekologik jihatlari, yo‘lovchilar sog‘ligiga ta'siri va boshqalar tahlil qilinmoqda.
SamAuto zavodi 2 yil ichida elektrobuslar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishi kutilyapti.
Shuningdek, keyingi 3 yil ichida Toshkentga 300ta katta sig‘imli shahar elektrobuslari olib kelinishi mumkin.
2019 yilda poytaxtga Belarusdan olib kelingan elektrobus (sariq rangli) sinovdan o‘tkazilgan edi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Organizmdagi «qariyotgan» hujayralarni aniqlashning yangi usuli ishlab chiqildi
Fan-texnika | 00:30
-
Yakson qilinmagan, lekin jiddiy zarar - Pentagon Eronga qarshi operatsiya tafsilotlarini ochiqladi
Jahon | 22:44 / 22.06.2025
-
Milliarder Maykl Linchning cho‘kib ketgan superyaxtasi suv tubidan olib chiqildi
Jahon | 22:35 / 22.06.2025
-
Havo sharlari yordamida Le-Burjye aviasaloni o‘tkazilishini buzmoqchi bo‘lgan faollar hibsga olindi
Jahon | 22:13 / 22.06.2025
Mavzuga oid

08:03 / 22.06.2025
Katta AES bitimi, Farg‘onadagi “maska-shou” va qulayotgan dollar - hafta dayjesti

17:43 / 21.06.2025
Toshkentda bosh rejaga zid uchta yirik loyiha taqdim etildi

13:09 / 21.06.2025
O‘zbekiston Xitoydan 200 ta elektrobus sotib olishi mumkin

21:02 / 19.06.2025