Toşkent şahrining 41 ─ “Çilonzor buyum bozori ─ Çilonzor 25-mavze” yönalişida sinov tariqasida Belorussiyadan keltirilgan elektrobus qatnovi yölga qöyilgan. “Toşşahartransxizmat”AJ va Belorussiyaning “Belkommunmaş” kompaniyasi örtasidagi memorandum asosida amalga oşirilayotgan sinov qatnovi samarali keçsa, poytaxt köçalarida elektrobusning doimiy harakati yölga qöyilişi rejalaştirilgan. “Toşşahartransxizmat” AJ tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uçun uyuştirilgan press-tur davomida sinov qatnovi hamda elektrobusning afzalliklari haqida ma'lumot berildi.
Elektrobus 94 yölovçiga (27ta örindiq mavjud, 67 nafar yölovçi tik ketişi mumkin) möljallangan, şuningdek, nogironlar uçun ham joy ajratilgan. Transportda ikkita mini televizor örnatilgan.

Elektrobus qaraşli bölgan 7-avtosaroy direktori Bositxon Ğulomovga köra, elektrobus ekologik jihatdan xavfsiz ekanligi, iqtisodiy jihatdan tejamkorligi bilan oddiy avtobuslardan ustunlikka ega. Hozirda elektrobusning texnik holati böyiça javobgarlikni belorussiyalik mutaxassislarning özi olgan.
“Belkommunmaş” zavodi mutaxassisi Sergey Senkeyeviçning ma'lumot berişiça, elektrobus juda qisqa muddat ─ 8-9 daqiqa içida töliq quvvatlanadi. Bu uning superkonditsator texnologiyasi asosida işlaşi bilan boğliq. Bu quvvat 20 km masofani bosib ötiş uçun yetişi kafolatlangan.

“Quvvat sarfi avtobus salonida qança yölovçi borligiga ham boğliq. Böşroq bölsa, 20 km.dan ham köproq masofaga yurişi mumkin. Elektrobusga törtta kuzatuv kamerasi örnatilgan. Ular avtobus salonini, quvvatlagiçning holatini, yölning old va atrofdagi qismini kuzatiş imkonini beradi. Elektrobus quvvatlagiçi oldida maxsus konditsioner bölib, u haroratni bir maromda uşlab turişga xizmat qiladi”, ─ deydi mutaxassis.
Ma'lum qilinişiça, Ye420 “Vitovt Elektro” elektrobusining sinov harakati muvaffaqiyatli ötsa, uning doimiy harakatini yölga qöyiş uçun mutaxassislar, texnik xodimlar maxsus dastur asosida tayyorlanadi.

Şuningdek, BMTning rivojlaniş loyihasi Özbekistonda elektrobuslar qatnovini yölga qöyiş uçun 4 mln dollar budjet ajratişni rejalaştirayotgani haqida ma'lum qilingan edi.












