Toshkentga 300 dona katta sig‘imli shahar elektrobuslari olib kelinadi
“Toshshahartransxizmat” tizimidagi korxonalar harakat tarkibi 300 dona katta sig‘imli shahar elektrobuslari bilan yangilanadi

Foto: Toshshahartransxizmat
Toshkent shahrida yo‘lovchilar tashish hajmlari ortib borayotganini hisobga olgan holda yo‘lovchi transporti tizimini yanada rivojlantirish hamda “Toshshahartransxizmat” korxonalari avtobuslar parkini zamonaviy transport vositalari bilan yangilash maqsad qilingan.
Vazirlar Mahkamasining “2021-2023 yillarda “Toshshahartransxizmat” AJ tizimidagi korxonalar harakat tarkibini yangilash Dasturi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
2021-2023 yillar mobaynida “Toshshahartransxizmat” AJ tizimidagi korxonalar harakat tarkibini 300 dona katta sig‘imli shahar elektrobuslari va quvvatlash uskunalari bilan yangilash dasturi tasdiqlanadi.
Transport vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va “Toshshahartransxizmat”ning 2021-2023 yillar davomida har yili 100 donadan, jami 300 dona katta sig‘imli shahar elektrobuslari va quvvatlash uskunalarini xarid qilish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinishi mumkin.
300 dona katta sig‘imli shahar elektrobuslari va quvvatlash uskunalarini xarid qilishni moliyalashtirish manbayi etib “O‘zsanoatqurilishbank”ning 7 yillik muddatga, bir yillik imtiyozli shartlar bilan Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida, “O‘zsanoatqurilishbank”ning 0,5 foizdan ortiq bo‘lmagan marjasi qo‘shilgan holda ajratiladigan kredit mablag‘lari hisoblanadi.
Kredit mablag‘larini qoplash, foizlar, komissiyalar va jalb qilinayotgan kreditlarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni to‘lash respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Moliya vazirligiga “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan 300 dona katta sig‘imli elektrobuslar va quvvatlash uskunalari xaridi uchun kredit mablag‘lari ajratilishida mablag‘lar taqchilligi yuzaga kelganda, Moliya vazirligi G‘aznachiligining vaqtinchalik bo‘sh mablag‘larini o‘rnatilgan tartibda “O‘zsanoatqurilishbank”ga joylashtirilishi huquqi beriladi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Virgin Galactic kosmosga parvozlar narxini oshiradi
Fan-texnika | 01:39
-
Ukraina uchinchi F-16 qiruvchi samolyotidan ayrildi
Jahon | 00:06
-
16 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:31 / 16.05.2025
-
Qo‘qonda ammiak bilan bog‘liq favqulodda holat yuz berdi
O‘zbekiston | 22:26 / 16.05.2025
Mavzuga oid

16:08 / 28.03.2025
«Toshshahartransxizmat»ning sobiq rahbari va 20 kishiga sud hukmi o‘qildi

11:50 / 08.02.2025
Toshkentda elektrobus va Cobalt to‘qnashdi

18:27 / 15.01.2025
“Infokiosklarning qaytim bermaslik masalasini yechish imkonsiz” - “Toshshahartransxizmat” raisi o‘rinbosari

15:22 / 15.01.2025