Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Keniya fuqarosi "11 sentyabr uslubida" terakt uyushtirishni rejalashtirganlikda ayblanmoqda
Ayblov xulosasida aytilishicha, u Qo‘shma Shtatlarda 11 sentyabr uslubida terakt amalga oshirish uchun samolyot olib qochishni maqsad qilgan.
Foto: AP Photo / David Karp
AQShda Keniya fuqarosi Cholo Abdi Abdullaga nisbatan 2011 yil 11 sentyabrdagi kabi ko‘pqavatli binoga hujum uyushtirishni rejalashtirganlik ayblovi e'lon qilindi. Bu haqda AQSh adliya vazirligi xabar berdi.
Ayblanuvchi, 30 yoshli Abdulla 2019 yil iyulda Filippinda qo‘lga olingan va dekabrda AQShga topshirilgan.
Unga nisbatan terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlarga oid oltita band bo‘yicha ayblov e'lon qilindi. Ayblov xulosasida aytilishicha, "u Ash-Shabob terrorchi tashkiloti jangarisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan hamda Qo‘shma Shtatlarda 11 sentyabr uslubida terakt amalga oshirish uchun samolyot olib qochishni maqsad qilgan".
Tergovning ta'kidlashicha, Cholo Abdi Abdulla 2016 yilda Filippindagi uchuvchilar maktabida o‘qigan va uchuvchi litsenziyasini olish uchun imtihon topshirgan.
"Tijorat samolyotini olib qochish va u bilan Qo‘shma Shtatlardagi binoga urilish maqsadida Filippinda uchuvchilik bo‘yicha tahsil olgan", - deyiladi Nyu-York janubiy okrugi bo‘yicha prokuror vazifasini bajaruvchi Odri Shtrausning bayonotida.
2001 yil 11 sentyabrda terrorchilar egallab olgan to‘rtta samolyot Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi binosi va Pentagonga yo‘naltirilgan. Bir samolyot Pitsburg shahri yaqinida qulab tushgan. Yana bir avialayner Vashingtondagi mudofaa vazirligi binosining o‘ng qanotiga urilgan. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, terakt oqibatida Nyu-Yorkda 2749, Vashingtonda 189 va Pitsburgda 44 kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:23
Maxfiy uchrashuv: Uitkoff Rizo Pahlaviy bilan Erondagi namoyishlarni muhokama qildi
22:32 / 13.01.2026
AQSh Kongressiga Grenlandiyani qo‘shib olish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi
17:05 / 13.01.2026
AQShda Federal zaxira tizimi raisi Jyerom Pauellga nisbatan tergov boshlandi
13:02 / 13.01.2026