Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV Eron yangi yadro obekti qurayotganini ma'lum qildi
Eron Qum shahri yaqinidagi uranni boyitish zavodi Fordo yaqinida yerosti yadro obekti qurishni boshladi. Bu haqda sun'iy yo‘ldoshlardan olingan suratlarga tayanib Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, qurilish 2020 yilning sentyabr oyida boshlangan. Yangi obekt nimaga mo‘ljallangani hozircha noma'lum. 11 dekabrda olingan suratda inshoot poydevori uchun kovlangan chuqur va unda o‘rnatilgan o‘nlab ustunlarni ko‘rish mumkin. Axborot agentligining fikricha, bunday ustunlar seysmik xavfli hududlarda binolarni qurishda qo‘llanadi.
Qurilish maydonchasi aviazarbalardan himoyalash maqsadida tog‘ ichida qurilgan Fordo yerosti inshootidan shimol tomonda, Fordodagi yordamchi va ilmiy-tadqiqot binolari yaqinida joylashgan.
Associated Press’da ta'kidlanishicha, Eron ushbu obekt qurilishi haqida hech narsa ma'lum qilmagan. Eronning BMT va Atom energiyasi xalqaro agentligidagi missiyalari ham ushbu axborot bo‘yicha izoh bermagan.
Avvalroq, dekabrda Eronda qurilayotgan yangi yadro obekti suratlari paydo bo‘lgandi. Gap Natanz yaqinida joylashgan sentrifugalar yig‘ish yerosti sexi haqida bormoqda. Iyulda Natanzdagi yadro obektining bosh binosi portlash oqibatida vayron bo‘lgandi.
Mavzuga oid
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:26 / 19.06.2026
Eron yana Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilganini e’lon qildi
17:56 / 19.06.2026